Dizel yonilg’isining xususiyatlari.
Dizel yonilg’isi neftga katalitk krenking komponentlari qo’shib, bevosita haydash yo’li bilan olingan maxsulot. Dizel yonilg’isida uglerod-S vodorod-N va kislarod-O2 elemenlaridan tashkil topgan. Dizel yonilg’isi o’t olish harorati 35-40oS, muzlash harorati yozgisida -10oS, qishkisida 35 oS, yonilg’ining solishtirma og’irligi 800-850 kg/t va 1 kg yonilg’ining issiqliq berish qobiliyati 42500 kJ/kg, tsetan soni 45.
Avtotraktor dizel yonilg’isi uch sortda chiqariladi: yozgi, qishgi, artik va maxsus.
Dizel yonilg’isi markasidagi harflar quyidagini bildiradi: L- yozgi yonilg’i, havo harorati 0oS dan yuqori bo’lganda ishlatiladi; 3- qishgi havo harorati -20 oS va undan yuqori bo’lganda ishlatiladi.
Dizellarda yonilg’i havo bilan bevosita tsilindrda 30-50 kg/sm2 bosimgacha siqilgan va siqilish hisobiga 600-800oS gacha qizigan havoga yuqori bosim ostida ishlaydigan forsunka orqali yonilg’i portsiyasi purkaladi.
TSilindrda yonilg’i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida aralashma hosil bo’ladi, so’ng yonilg’i bug’ldanadi, uglevodorodlar kimyoviy oksidlanadi, reaktsiyalar sodir bo’ladi, natijada yonilg’i o’z-o’zidan alangalanadi va yonadi.
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg’ini to’g’ri tanlanishi va yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo’lishi lozim, aks holdia gazlar qorayib chiqadi, quvvat pasayadi, yonilg’i sarfi ko’payadi.
Yonilg’i to’la va sifatli yonishi uchun yuqori bosim nasosi va forsunka yaxshi ishlashi lozim, klapanlarda, porshen va halqalarda qurm bo’lmasligi kerak, yonilg’ida suv bo’lmasligi va qurumlar zanglamasligi kerak, yonilg’ining qovushoqligi me’yorida bo’lishi kerak, uning kamayishi va oshishi dvigatelning ishiga yomon ta’sir qiladi. Qovushoqligi past bo’lsa yonilg’i birikmalaridan sizib o’tib ketadi.Qovushoqligi ko’payib ketsa yonilg’i yaxshi to’zimaydi, aralashma sifati pasayib ketadi va u chala yonadi. Havo sovuq bo’lganda yonilg’ining qovushoqligi ko’payib ketadi.
Dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq ishlashiga moyilligi tsetan (TSS) bilan baholanadi. Dizel yonilg’isi tsetan va alfametelnaftalindan tashkil topgan aralashma. TSS yuqori bo’lganda yonishning boshlashi ravon bo’ladi, Dvigatel silliq, taqillashsiz va shovqinsiz ishlaydi. TSS ortiqcha tutin miqdori oshadi. SHu sababli dizel yonilg’isi uchun TSS 40-60 oralig’ida bo’lishini qabul qilingan. TSS–aralashmadagi foizda hisoblangan tsetan (S16N34) miqdori.
Dizel dvigatellarini ishlashida yonilg’i purkalishini ilgarilashish burchagi to’ri o’rnatilganda yonilg’i yaxshi yonadi.
Yozda TSS taxminan 45 birlikda, qishda esa 50 birlikka teng bo’lgan yonilg’i ishlatilganda dvigatelni normal yurgizib yuborish va yumshoq ishlatish mumkin.
Yonilg’i havosiz, yuqori haroratda (800-900oS) parchalanib qurm hosil qiladi. Bu halqalar va klapanlarni yemiradi. Miqdori 0.03 foizdan oshmasligi kerak. Yonilg’i havoda 800-850oS haroratda yondirilganda kul hosil bo’ladi va qismlarni yeyilishini tezlashtiradi, miqdori 0.02 foizdan oshmasligi kerak.
Yonilg’i tarkibida suv bo’lmasligi lozim, chunki u sovuq vaqtda dvigatelni o’t olishini qiyinlashtiradi, qismlarni zanglatadi va tozalagich teshiklarida muzlab yonilg’ini o’tkazmaydi. Yonilg’i tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi lozim, chunki ularda qiruvchi zarrachalar bo’lib yonilg’i apparatlarini va forsunkani yeyilishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun dizel yonilg’isining 17-20 kun tsisternalarda tindiriladi.
Neft maxsulotlarin qabul qilib olish, tarqatish va saqlashning elementar qoidalariga rioya qilinsa dvigatel qismlarin muddatidan oldin yeyilib ishdan chiqishini oldi olinadi.
|