10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja




Download 26,12 Kb.
bet5/7
Sana24.11.2023
Hajmi26,12 Kb.
#104912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov), export-to-pdf (2), Gulnoz, Menejment infratuzilmasi Reja-fayllar.org, Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish-fayllar.org, Mavzu temperament va uning nazariyalari-fayllar.org, Fan modul kodi, 1-Mavzu Kredit modul tizimi haqida tushuncha-fayllar.org, Mavzu Antiplagiat haqida huquqiy va me’yoriy hujjatlar,ularning-fayllar.org, Mualliflik huquqi va hammualliflik haqida tushuncha-fayllar.org, Antiplagiat nima uchun kerak

5. DNS serverlari


  1. Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning komp’yuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu

resurs sizning komp’yuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning komp’yuteringizga jo`natiladi.

  1. Sizning komp’yuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.

  2. Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server intarnetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi (o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.

  3. Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bog’lanib, siz qidirayotgan resurs manzilini oladi va uni sizning komp’yuteringizga uzatadi.

  4. Siz internetga ulanganingizda, sizning komp’yuteringizga IP manzil

deb ataluvchi son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda sizning komp’yuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga ulanganda, u o`zgarib turadi.

  1. Dinamik IP manzil olish uchun sizning komp’yuteringiz tarmoqqa yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning komp’yuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlar shu jumladan komp’yuter nomi joylashgan bo`ladi.

  2. Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga etib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa komp’yuterlarga bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo`yadi.

  3. DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi.

Unda sizning komp’yuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil, hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi.

  1. Sizning komp’yuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish xaqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning komp’yuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.

  2. Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z

takliflari bilan chiqadilar. Sizning komp’yuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi.

  1. DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server Sizning

komp’yuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning
komp’yuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin Sizning komp’yuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.

  1. Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo`sh manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va Sizning komp’yuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Sizning komp’yuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.




Download 26,12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 26,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja

Download 26,12 Kb.