• Bio-Savar-Laplas qonuni. Turli shakldagi tokli o’tkazgichlarning magnit maydon induksiyasi. Magnit maydonida zaryadli zarrachaning harakati. Lorens kuchi.
  • Muhitning magnit singdiruvchanligi. Dia-, para- va ferromagnitlar.
  • 10-Mavzu: Magnit maydonining tokli o’tkazgichlarga ta’siri. Magnit maydonni zaryadli zarrachalarga ta’siri




    Download 1.01 Mb.
    bet1/4
    Sana24.05.2023
    Hajmi1.01 Mb.
    #63965
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-mavzu
    4-Laboratoriya ishi, Ma\'ruzalar sharhi, 5y4236547yghjvbb, Ma’ruza matnlari 1-mavzu Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti, 1-Mavzu ma\'ruzasi, Fayl tizimlari, Kriptografiya1Mustaqil ish Mavzu Ketma ketliklarni tasodifiylikka

    10-Mavzu: Magnit maydonining tokli o’tkazgichlarga ta’siri. Magnit maydonni zaryadli zarrachalarga ta’siri

    Reja:


    1. Magnit maydon. Toklarning magnit maydoni va ularning o`zaro tasirlashuvi.

    2. Magnit maydonida tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi kuch. Chap qo’l qoidasi.

    3. Bio-Savar-Laplas qonuni. Turli shakldagi tokli o’tkazgichlarning magnit maydon induksiyasi.

    4. Magnit maydonida zaryadli zarrachaning harakati. Lorens kuchi.

    5. Elektromagnit induksiya qonuni. Induksion EYuK,

    6. Magnit maydon energiyasi va energiya zichligi

    7. Muhitning magnit singdiruvchanligi. Dia-, para- va ferromagnitlar.

    Magnit maydonni harakatdagi zaryad yoki elektr toki hosil qiladi.
    Magnit maydoni harakatlanayotgan zaryadlangan zarraga yoki tokli o`tkazgichga ta`sir qiladi.
    Magnit maydonni magnit maydon induksiya vektori xarakterlaydi.
    Magnit maydoni ta`siri eng kuchli bo`lgan joylari magnit qutblari deb ataladi. Har qanday magnitda ikkita: shimoliy (N) va janubiy (S) qutiblari bo`ladi.

    Rasm 1. Magnit maydon induksiya yo`nalishi
    Yer ham magnit maydoniga ega. Ammo yerning magnit qutblari uning geografik qutblariga to`g`ri kelmaydi.
    Har xil magnit qutblari bir-biriga tortiladi, bir xil magnit qutblari esa bir-biridan itariladi.
    H ar qanday elektr toki, ya`ni harakatlanuvchi elektr zaryadlari atrofida magnit maydoni mavjud bo`ladi. Uni mavjudligini 1820 yilda Daniyalik fizik Ersted aniqlagan.

    Rasm 2. Parallel toklarning o’zaro ta’siri


    Parallel ingichka o`tkazgichlardan qarama-qarshi yo`nalishda tok o`tsa o`tkazgichlar bir-biridan qochadi. O`tkazgichlardan bir xil yo`nalishda toklar o`tkazilganda ular bir-biriga tortiladi.
    Bir jinsli magnit maydondagi tokli yassi konturga ta`sir etuvchi kuch moment:

    α-B vector bilan tekislikka o`tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak.
    Parallel toklarning o`zaro ta`siri.Bu ta`sirni Amper aniqlagan: Parallel toklarning o`zaro ta`sir kuchi o`tkazgichlardan o`tayotgan tok kuchlari ga, o`tkazgichning uzunligi l ga to`g`ri proporsional va ular orasidagi masofa r ga teskari proporsional, ya`ni

    -muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligi,
    -magnit doimiysi: (yoki H/m) gat eng.
    Tok kuchi birligi 1 amper ta`rifi: 1 amper (A) deb, vakuumda bir-biridan 1m masofada joylashgan cheksiz uzun va o`ta ingichka ikkita parallel tokli o`tkazgichning har bir metrida N gat eng o`zaro ta`sir kuchi hosil qiladigan o`zgarmas tok kuchiga aytiladi.
    O`ng parma qoidasi: Parma dastasining aylanma harakati magnit induksiya yo`nalishi bilan mos tushsa, parma uchining ilgarilanma harakat yo`nalishi tokning yo`nalishini ko`rsatadi.
    Magnit moment – konturdan o`tayotgan tok kuchi ning kontur yuzi Sga ko`paytmasiga to`g`ri proporsional:
    -konturdagi tok kuchi, S-kontur yuzi,
    -kontur tekisligiga o`tkazilgan birlik vektor, p-magnit moment.
    Har bir sinov konturiga ta`sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi moment ning konturning magnit moment ga nisbati, maydonning tekshirilayotgan nuqtasi uchun o’zgarmas kattalik bo’lib, magnit maydoni induksiya vektori deyiladi.


    Download 1.01 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: Magnit maydonining tokli o’tkazgichlarga ta’siri. Magnit maydonni zaryadli zarrachalarga ta’siri

    Download 1.01 Mb.