10-Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari reja




Download 1,72 Mb.
bet6/6
Sana18.01.2024
Hajmi1,72 Mb.
#140352
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari r
alisher kurs ishi, ГУЛШАН, Aylanish sirtlarini hosil bo’lishining ilmiy asosi .Ikkinchi tartibli aylanish sirtlarida nuqta va chiziqlarning yetishmovchi proyeksiyalarini aniqlash., Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, (Vt m grad)-fayllar.org, 1. Muhandislik hisoblash usullarining umumiy xususiyatlari. Ion -fayllar.org, 151-155, 2-mavzu Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma`lumotlar , d1546495a4641026cba2ac11491778cb-1, АТЖваҚ ЯН тестлари, Mavzu1, Mavzu2, Geografiya, 1.4 da test, 1.1 test

Fayllar bilan ishlash


FTP da fayllar bilan ishlash uchun quyidagi buyruqlar ishlatiladi.

ASCII

Uzatiladigan fayllarga matn sifatida ishlov berilsin.

Binnary

Uzatiladigan fayllarga ikkili fayl sifatida ishlov berilsin.

Cr

Ascii fayllar bilan ishlashda belgilarni o’chirish holatini o’zgartirish.

Hash

Ma’lum qism ma’lumotni uzatilganligi belgisini ko’rsatish (odatda «#» paydo bo’ladi).

Promt

Guruh fayllarni uzatishda foydalanuvchiga so’rovni ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik.

Status

O’rnatilgan optsiyalarning holatini ko’rsatish.

User

Tizimga kirishini so’ramoq (nom va parol).

Verbose

Foydalanuvchiga keng axborotlarni berish yoki bermaslik holatini o’rnatish.


Gopher tizimi




Gopher dasturi Internetning tavsiyanoma ko’rinishidagi turli resurslariga kirishni ta’minlovchi dasturdir. Bu dastur Gopher enter buyrug’i yordamida ishga tushiriladi. Bu buyruq mijoz dasturni ishga tushiradi. U orqali Gopher server dasturiga o’tiladi va bunda ekranda serverda mavjud tavsiyanomalar ro’yxati paydo bo’ladi. Kerakli tavsiyanoma tanlansa, natijada yangi tavsiyanoma hosil bo’ladi va u o’z navbatida boshqa Gopher serverga jo’natishi ham mumkin.
Misol: A kompyuterida joylashgan Gopher server B kompyuterida joylashgan Gopher serveriga murojaat qilib mos tavsiyanoma tanlansa, u B Gopher serverga dasturning mijoz qismini qayta manzillaydi. Bunda foydalanuvchi go’yo o’z mijoz dasturi bilan B Gopher serverda ishlayotgandek bo’ladi. Ya’ni FTR dagi fayl ro’yxati o’rniga tavsiyanoma ro’yxatini beradi. Bu esa ancha qulaydir. Gopher dasturlaridan tarmoqda foydalanish Gopher bilan ishlash imkoniyatini beruvchi uchun xost kompyuterida server qismi dasturlari, foydalanuvchi kompyuterida esa mijoz dasturlari o’rnatilgan bo’lish kerak.
Shunday qilib, Gopher mijoz tavsiyanomalar orqali boshqa Gopher serverga ulanish (o’tish) bu serverdagi fayllarda nimalar borligini aytib berish imkonini beradi va o’z navbatida boshqa xost kompyuterdagi Gopher serverga ulanadi. Umumiy holda har bir Gopher server boshqalariga unda mavjud tavsiyanoma orqali murojaat qilish yo’li bilan bog’langandir. Gopher serverning bunday bog’lanib ishlashi Gopher fazo deb ataladi.
Gopher server markazi Minnesota universitetida bo’lgani uchun har bir yangi Gopher server u orqali o’tadi. Va uni dunyo Gopher serveri qatoriga qo’shish uchun ruxsat so’raladi. Gopher tizimlarini kuzatish xizmati mavjud bo’lib, u maxsus o’z serveriga ega. Uning nomi gopher.tc.umn.edu bo’lib, u orqali barcha Gopher serverlar ro’yxatini topish mumkin.
Wais (Wide Area Information System)-keng qamrovli axborot tizimi. Kirish uchun ochiq berilganlar bazasi tizimi. U tarmoq resurslarini ko’rsatkichlangan ma’lumotlarini saqlovchi global berilganlar bazalarining majmuidir. Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit so’zlar yordamida ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, Wais fayl nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi bilan ish ko’radi.
Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bog’lab, kerakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar tizimi bilan ham bog’langan. Bundan tashqari Waisda mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini qo’shish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi matnlar o’lchoviga hech qanday chegara yo’q. Bunday imkoniyat hozirda tijorat maqsadlarida ma’lumot olishda keng qo’llanilmoqda.
Download 1,72 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Mavzu: Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari reja

Download 1,72 Mb.