• KIRISH
  • 10-Mavzu Oziq ovqat targ‘iboti




    Download 43,66 Kb.
    bet1/4
    Sana16.01.2024
    Hajmi43,66 Kb.
    #138392
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Oziq ovqat targ‘iboti


    10-Mavzu Oziq ovqat targ‘iboti
    Hozirgi davrda bolalar oziq-ovqatlari va ichimliklariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Bolalar uchun sotiladigan ba’zi mahsulotlarning umumiy ovqatlanish profili yaxshilanganiga qaramay, bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitishda ayrim kamchiliklar va bo‘shliqlar saqlanib qolmoqda. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etishda bolalarga qaratilgan reklama va marketing qanday ahamiyatga ega ekanligini aniq belgilash zarur ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ichki bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda marketingning roli hamda bolalar va o‘smirlarni o‘ziga jalb qilishda qo’llaniladigan marketing strategiyalari haqida gap boradi.

    KIRISH


    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish” bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan [1]. Bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
    Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.
    Hozirgi davrda bolalar oziq-ovqatlari va ichimliklariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Bolalar oziq-ovqat bozorida marketing faoliyatini rejalashtirishda iste'molchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish muhim sanaladi. Talabga ega bo‘lgan mahsulotni yaratish uchun xaridorlar va iste’molchilarning qanoatlantirilmagan ehtiyojlari borligini aniqlash kerak bo‘ladi. Retseptlarni, qadoqlashlarni o‘zgartirganda iste'molchi va xaridor ushbu o‘zgarishlarni qanday qabul qilishini tushunish zarur hisoblanadi. Mahsulot qanday qabul qilinishini bilish va o‘rganish hamda agar vaziyat bir ishlab chiqaruvchi foydasiga o‘zgarmasa, o‘z vaqtida yechimlarni izlab topish muhim ahamiyatga ega.
    Ko‘pgina mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bolalar va o‘smirlarni o‘ziga jalb qilish uchun turli xil marketing strategiyalari va usullaridan foydalanadilar. Televiziondagi an’anaviy reklamadan tashqari, kompaniyalar veb-saytlar, ijtimoiy media va mobil qurilmalar orqali yangi raqamli media bilan bolalarni o‘zlariga jalb qiladilar. Ichki bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda bu kabi marketing strategiyalari va usullari muhim rol o‘ynaydi.

    Download 43,66 Kb.
      1   2   3   4




    Download 43,66 Kb.