|
10-Mavzu Oziq ovqat targ‘iboti
|
bet | 2/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 43,66 Kb. | | #138392 |
Bog'liq Oziq ovqat targ‘iboti
Bolalar uchun sotiladigan ba’zi mahsulotlarning umumiy ovqatlanish profili yaxshilanganiga qaramay, bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitishda ayrim kamchiliklar va bo‘shliqlar saqlanib qolmoqda. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish uchun bolalarga qaratilgan reklama va marketing nima ekanligini aniq belgilash kerak. Bir qancha tadqiqotchilar oziq-ovqat va ichimliklar marketingi o‘zgaruvchan bozor imkoniyatlari, texnologiya va tartibga soluvchi muhitga tez moslanadigan dinamik soha ekanligini tan olishadi[2]. Sohadagi marketing amaliyotlarining bolalarga ta'sirini muntazam ravishda kuzatib borish, ularni baholash, ommaviy axborot vositalari va marketing amaliyotlari rivojlanlantirish orqali ichki bozorni bolalar oziq-ovqatlari bilan to‘ldirish zaruriyati mavjud. Ushbu masalalarga doimiy e'tibor bolalar uchun sog‘lom oziq-ovqat marketingi landshaftini qo‘llab- quvvatlashga hamda bolalar uchun yetarli oziq-ovqat mahsulotlarini bozorda shakllantirishga yordam beradi.
Bolalarga qaratilgan marketing
Bolalar va o‘smirlarning o‘ziga xos tabiati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bolalarga yo‘naltirilgan marketing - bu chaqaloqlikdan to 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaratilgan har qanday marketing faoliyati hisoblanadi [3].
Bolalar - bu korxonalarning media yoki marketing rejasi, ishlab chiquvchining belgilashi yoki prognoz qilingan tomoshabinlar, tinglovchilar, o‘quvchilar, ishtirokchilar yoki tashrif buyuruvchilar tavsifiga asoslangan maqsadli demografik qatlam hisoblanadi.
Bolalar uchun marketing tadqiqotlariga ko‘ra, reklamani joylashtirish vaqtida yoki rejalashtirilgan davomat asosida bolalar auditoriyaning 25 yoki undan ko‘p foizini tashkil qiladi.
Marketing strategiyalari va usullari
Ichki bozorni bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan yanda boyitishda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan bolalarga yo‘naltirilgan marketingda keng qo‘llaniladigan marketing strategiyalari va usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ota-onalarning farzandlari uchun bo‘lgan talab va istaklariga putur yetkazmaslik borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash (bu holatda marketologlar bolalarning ota-onalarini kam ozuqaviy oziq-ovqatlarni sotib olishga chaqirmasliklari kerak);
Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rtacha hajmda tasvirlash va qadoqlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ortiqcha ovqatlanishni rag‘batlantirmaslik;
Bolalarning sog‘lom ovqatlanishiga yordam beradigan, ayniqsa, ozuqa moddalarining zichligi, energiya zichligi va porsiya hajmi bo‘yicha yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Oziqlanish sifatini yaxshilash uchun mahsulotlarni qayta shakllantirish, jumladan, ko‘proq meva, sabzavot va porsiya o‘lchamlarini, kaloriyalarni, natriyni, tozalangan shakarni mahsulotga qo‘shish va yog‘larni kamaytirish;
Bolalar uchun parhez bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq sog‘lom ovqatlanish odatlarini targ‘ib qilish va meva, sabzavotlar, kam yog‘li mahsulotlar hamda sut kabi sog‘lom mahsulotlarni targ‘ib qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kengaytirish.
|
| |