• Vash kanal
  • S vashim imenem
  • Upravleniye kanalami
  • YouTube’da shaxsiy kanal ochish




    Download 1,92 Mb.
    bet4/5
    Sana01.02.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #150089
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    10-mavzu 6-22 youtube

    YouTube’da shaxsiy kanal ochish
    Agarda siz o‘z videoblogingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz, aynan mana shu variant to‘g‘ri keladi. Uning nomi hamda belgisi ham xuddi o‘zingizning Google profilingizdan avtomatik tarzda olinadi. Siz bitta akkauntingiz doirasida faqat bittagina shaxsiy YouTube-kanal ocha olasiz.
    Buning uchun YouTube interfeysining yuqori o‘ng burchagidagi o‘z profilingiz belgisi ustiga sichqoncha bilan cherting. Agarda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» bandi ko‘rinsa, demak – tizim allaqachon siz uchun uni ochib qo‘yibdi ekan:
    Bungacha siz YouTube’da biror rolikka izoh yozgan yoki pleylist yaratgan bo‘lsangiz shunaqa – tizim siz uchun kanalni ham tayyorlab qo‘yadi. «Vash kanal»ni bosib, o‘z kanalingizni boshqarishni boshlashingiz mumkin.
    Bordiyu profilingiz belgisi ustiga bosganda pastga ochilgan menyuda «Vash kanal» emas, balki «Sozdat kanal» bandi ko‘rinsa – tizim sizga kanal tayyorlamagan ekan:
    Demak, ayni mana shu joyni bosib, shaxsiy kanalingizni o‘zingiz yaratasiz va «S vashim imenem» variantini tanlaysiz:
    Buyog‘iga tizim yo‘riqnomalariga amal qilib, shaxsiy vlogingizni yaratib olaverasiz.
    Boshqa nomda YouTube-kanal yaratish
    Bunday kanallar o‘z ismidan boshqa nomda videoblog yaratishni istagan vlogerlarga, shuningdek, turli tashkilotlarning va brendlarning kanallarini ochishda kerak bo‘ladi. Ularning shaxsiy videokanallardan farqlari – shaxsiy bo‘lmagan kanalning nomini va belgisini mustaqil tanlay olasiz; uni faqat o‘z profilingizdan emas, balki mualliflar jamoasi tomonidan ham boshqarish imkoni bo‘ladi.
    Demak, shaxsiy bo‘lmagan kanal ochish uchun YouTube interfeysidagi «Upravleniye kanalami» bo‘limini ochib, «Sozdat kanal» belgisini bosasiz.
    Keyin ochilgan sahifada bo‘lajak kanal nomini kiritasiz va «Sozdat» tugmachasini bosasiz. Videokanal nomini keyinchalik, istalgan paytda o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.
    Agarda kanalni bir necha kishi bo‘lib boshqarishni rejalashtirsangiz, u holda kanal profili ustiga chertasiz va chap tomondagi ro‘yxatdan «
    Download 1,92 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,92 Mb.