|
Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi
|
bet | 3/5 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 426,45 Kb. | | #105862 |
Bog'liq TTAT 10Tarmoqni mustahkamlash usullarining eng oddiylari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - 1. tarmoqning ma’lum qismlariga kim kirganini nazorat qilish uchun tarmoqni kommutator va marshrutizator asosida loyihalash;
- 2. tarmoq fayrvollari va opersion tizim fayrvollaridan foydalanish;
- 3. xavfsizroq simli tarmoqlarni loyihalashda yulduzsimon tarmoq topologiyasidan foydalanish;
- 4. tarmoqdagi faollikni muntazam nazorat qilish.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq - VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
- VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz o‘rnatish kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi.
Virtual Ethernet qurilmasi
IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi sensor qism tizimi;
- sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;
- tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni ta’minlaydigan omborxona;
- IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv konsoli.
|
| |