|
10-Mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi
|
bet | 1/5 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 426,45 Kb. | | #105862 |
Bog'liq TTAT 10 10-Mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi. Reja : Axborot kommunikatsion texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlash - Xavfsizlik muhimdir, chunki kompyuter tizimlari va tarmoqlari himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z kredit kartangizdan foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda Internetdagi sotuvchi sizga xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar uchun hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi identifikatsiyaga tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik bo‘limiga o‘zining ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy ma’lumotlari himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida har gal kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch hosil qiladi. Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi ba’zi sabablardir.
Axborot kommunikatsion texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlash - Axborot va resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki tashkilotlar muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi.
- Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi kafolatlanadi
- Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi.
- Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari, talabalar va tashkilot xodimlarining ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz bermaydigan etib,engillashtiradi.
- Kompyuter xakerlarini keyingi zararli hujumlar uyushtirishdan to‘xtatadi.
|
| |