10-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi.
Reja :
1. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlash
Tizim ishlashiga ta’sir qiluvchi kiber hujumlarni
aniqlash va tahdidlardan
himoya qilish, hujumlarni qaytarish mexanizmlarini o‘rganish.
2. Commodo, FirewallPro, Avast Internet Security
Kerio tarmoqlararo ekran
dasturlaridan foydalanish
Tayanch so’z va iboralar: Internet, model,
Operatsion Commodo,
FirewallPro, Avast Internet Security, Kerio, Control files, AVG, VPN online redo
log files, Operativ jurnal.
Tarmoq xavfsizligi
Yillar davomida tashkilotlar kichik shaharcha aholisi uylarining eshiklarini
qulflamagandek tarmoq xavfsizligiga e’tiborsiz edi. Internet va global tarmoqning
keng tarqalishi tarmoqqa bo‘lgan bunday munosabatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi
natijasida ochiq eshiklar yopiladigan va qulflanadigan bo‘ldi.
Xavfsizlik nima uchun muhim?
Xavfsizlik
muhimdir,
chunki
kompyuter
tizimlari
va
tarmoqlari
himoyalanishi zarur bo‘lgan keng spektrdagi axborot va resurslarni o‘zida
saqlaydi. Siz Internet orqali xarid qilish uchun o‘z
kredit kartangizdan
foydalanganingizda siz shartnoma tuzayotgan vaqtda Internetdagi sotuvchi sizga
xavfsiz aloqa ta’minlayotganiga ishonasiz va Siz berayotgan ma’lumotlar
uchun
hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch bildirasiz Bugungi kundagi identifikatsiyaga
tahdid yuqori bo‘lgan davrda tashkilot xodimlari Xavfsizlik bo‘limiga o‘zining
ijtimoiy himoya nomeri yoki oilaga oid axborot kabi shaxsiy ma’lumotlari
himoyadaligiga ishonadi. Talaba tajriba natijalarini kiritayotganida har gal
kompyuterda ishlash imkoni borligi va dastur ishlayotganiga ishonch hosil qiladi.
Bular nima uchun tarmoq xavfsizligi zarurligini namoyon etuvchi ba’zi
sabablardir. Bu va boshqa sabablarni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1.
Axborot va
resurslarni shunday himoyasiki, bunda tijorat yoki
tashkilotlar muammo va uzilishlarsiz o‘z faoliyatini saqlab qoladi.
2.
Tibbiy yozuvlar kabi shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanishi
kafolatlanadi
3.
Identifikatsiya va kredit kartalarini o‘g‘irlanishidan himoya etadi.
4.
Ish jarayonlari oqimini oila a’zolari,
talabalar va tashkilot
xodimlarining ishlashi va o‘yinlar o‘ynashida to‘xtash va buzilishlar yuz
bermaydigan etib,engillashtiradi.
5.
Kompyuter xakerlarini keyingi zararli
hujumlar uyushtirishdan
to‘xtatadi.