Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga
ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir:
1.
Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga
mustahkam parol bilan kirishni talab eting.
2.
Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va
shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal
shakllaridan foydalaning.
3.
Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan
foydalaning. Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl
ekanligini tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga
ishonch hosil qilish uchun zarur.
4.
Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying.
5.
Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs
himoyasidan flydalaning.
6.
Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum
marta kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi
xavfsizlik siyosatini o‘rnating.
7.
Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini
o‘rnating.
8.
Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual
xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning.
9.
Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash
texnologiyalaridan foydalaning.
Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik
ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan
foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik
xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik.
Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, Internet
orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan
ochib ko‘rish mumkin.
Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan
uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun
kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish
xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus
serverga o‘tib ketdi.