|
Jixozlarni ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil qilish
|
bet | 3/4 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 112,97 Kb. | | #247345 |
Bog'liq 10-mavzu3 . Jixozlarni ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil qilish Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi: ishlatilayotgan jixozlarni xisobga olish va pasportizatsiya qilish; uni tо‘xtab turishini va ishlashini xisobga olishsh va taxlil qilish; ba’zi detallarni ishdan chiqish sababini sistematik о‘rganish va taxlil qilish; jixozlarni texnik ekspluatatsiyasi qonuniyatlarini tatbiq qilish va ularni bajarilishini nazoratini ta’minlash; mashina-jixozlarni kapita ta’mirlash lozimligini aniqlash va bashqalar. Mashina-jixozlarni kapital ta’mitrlash lozimligini tо‘rtta guruxga mujassamlashtirish mumkin: Manina –jixozlarni yoshi va jixozlar parkini texnologik strukturasi; ularni texnik darajasi; jixozlarni yangilash va tiklashni xolati; mashina-jixozlar parkini texnik ta’minlanishi. Birinchi gurux - mashina-jixozlar parkini turliligi - tо‘quv, pardozlash, yigiruv va boshqalar; yoshi; texnik strukturasi va model strukturasi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi gurux – fizik yeyilish koeffitsiyenti; moral yeyilish koeffitsiyenti; avtomatizatsiya va spetsializatsiya darajasi bilan xarakterlanadi. Uchinchi gurux yangilanish koeffitsiyenti, chiqarish koeffitsiyenti, almashtirish koeffitsiyenti, takomillashtirish koeffitsiyenti, kapital ta’mirlash bilan qamrash koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Tо‘rtinichi gurux mexanika bilan qurollanish darajasi, energiya bilan qurollanish darajasi, mexanizatsiya va avtomatizatsiya darajasi bilan, texnik jixozlanish darajasi bilan Bu tо‘rtinchi gurux korxonalarni ta’mirlash bо‘limini texnik qurollanish darajasini kо‘rsatadi. Amaliyotda kо‘pincha kapital ta’mirlashni rentabel emas xisoblanadi, chunki uni xarajati Skr yangi mashina baxosiga Snm tо‘g‘ri kelib qoladi yoki undan oshib xam ketadi, ya’ni Skr Snm . (1) Ammo obyektiv ravishda kapimtal ta’mirlashni bajarish lozimdir: Skr Snm + Sd + Sm + Sn.s.. - Sls , (2) bu yerda Sd – eski mashinani demontaj qilishga ketgan xarajatlar; Sm - yangi mashinani montaj qilish va ishga tushirish uchun ketgan xarajatlar; Sns – eski mashinani amortizatsiyalanmagan qismini baxosi; Sls – tugatilishga ketgan xarajat. Qо‘pincha quyidagi shart xisobga olinmaydi: Pn > Ps i Sn < Ss . (3) bu yerda P- mashinani ish unumdorligi; S – ishlab chiqilgan maxsulot birligini tannarxi.
|
| |