11 – sinf II variant
1. Avtomobillar davlat raqamlari uchta harf va uchta raqamlar kombinatsiyasi, ya’ni X 575 DA ko‘rinishida tuziladi (hududni bildiruvchi ikkita raqamdan tashqari). Agar bu harflar 26 ta lotin alifbosining harflari, raqamlar esa 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bo‘lsa, bunday kombinatsiyalar soni nechta?
A) 2603 B) C) 612 D) 636
2. Kinoteatr bir vaqtda 260 nafar odamni qabul qiladi. Turniket apparati kinoteatrga kelgan odamlarni ro‘yxatga oladi, har bir odam uchun bir xil uzunlikdagi minimal sonli bitdan foydalanib uning raqamini yozib boradi. Kinoteatrga kelgan 176 nafar odam uchun qancha xotira hajmi (baytlarda) ishlatiladi?
A) 176 B) 154 C) 220 D) 198
3. Koordinatalari berilgan A(x,y) va B(x1,y1) ikki uqtaning orasidagi masofani topish uchun paskalda qanday kod yoziladi.
A) sqrt(sqrt(x-x1)+sqrt(y-y1)) B) sqr(sqrt(x-x1)+sqrt(y-y1))
C) sqrt(sqr(x-x1)+sqr(y-y1)) D) sqr(sqr(x-x1)+sqr(y-y1))
4. 2C5x – 34=6509 Tenglamaning ildizini 3 lik sanoq sistemasda ifodalang.
A) 100 B) 112 C) 110 D) 102
5. MS. Excel. Quyidagi formula natijasini aniqlang. =ДЕС.В.ВОСЬМ(ПРОИЗВЕД(ДЛСТР("SPARK 90 F 979 RA"); ЗНАЧЕН("34"); ЗНАК(12)))
A) 15430 B) 672 C) 1102 D) 314
6. Faqat o‘zining ro‘yxatida keltirilgan o‘zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritish imkonini beruvchi operator.
A) write B) read C) writeln D) readln
7. Paskal tilida quyidagi dastur lavhasi bajarilgach s2 o‘zgaruvchi qiymatini aniqlang: Var s1, s2, s3, b : string; a : word; begin s1:='paskal'; s2:='maktab'; s3:='hayot'; a:=length(s1); str(a,b); s2:=s3+b+s1; delete(s2,3,2); writeln(s2); end.
A) hat6paskal B) ht6paskal C) haypaskal D) hayoaskal
8. Siz aytayotgan matn hajmi 64 KB bo‘lgan disk xotirasiga yozilmoqda. 2048 belgili bitta sahifani o‘qish uchun 3 minut sarflandi. Kompyuter xotirasi necha minutdan keyin to‘liq band bo‘ladi.
A) 98 min B) 96 min C) 158 min D) 100 min
9. 1-shaxsiy kompyuter nechanchi yilda “Apple Computer” firmasi tomonidan mukammallashtirildi? Natijani rim sanoq sistemasida toping?
A) MCMLXXIII B) MCMLXXVII C) MCMLXXXV D) MCMXLVIII
|