|
11, 12 – Ma’ruza Mavzu : Mexanik kattaliklarni o’lchashning asosiy qurilmalari Reja
| bet | 4/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 25,4 Kb. | | #120313 |
Bog'liq 11, 12 – Ma’ruza Mavzu Mexanik kattaliklarni o’lchashning asos-fayllar.orgDatchikning nisbiy xatoligi
Y= (∆U / Ul) ∙100%
Datchikning dinamik tavsifnomasi - chiqish signalining vaqt mobaynida o’zgarilishini xarakterlaydi.
DATChIKLAR VA ULAR NAZORAT QILADIGAN KATTALIKLAR
3. Mexatronikada ishlatiladigan holat va tezlik datchiklari
Holat va siljish datchiklari mexatronikada juda ham ko`p ishlatiladigan axborot qurilmalari hisoblanadi. Ular mexatronika tizimlarida elektron va mexanik qismlarini bog’lovchi muhim zveno hisoblanadi.
Datchiklarni tanlashda quyidagi kriteriyalarga e`tibor qaratiladi: sezgirlik; aniqlilik; chiziqlilik; jarayonni o`lchash tezligi; ishlatish sharoiti va himoya darajasi; ishonchlilik; gabarit o`lchamlar; narx-navosi.
Holat datchiklarini o`lchashning ikkita usuli mavjud.
Birinchi usulda datchik harakatchan ob`ekt bilan bog’liq biror bir qismining holat funktsiyasi bo`lgan signal ishlab chiqadi, bu signal o`zgarishi siljishni o`lchaydi.
Bunday holat datchiklari absolyut datchiklar deyiladi.
Bularga quyidagilar kiradi:
Ikkinchi usulda datchik har bir elementar siljishda birlik impuls hosil qiladi, holat esa harakat yo`nalishiga qarab impulslar yig’indini hisoblash natijasida aniqlanadi.
Bunday datchiklar nisbiy datchiklar deyiladi.
Bularga quyidagi datchiklar kiradi:
Fotoelektrik (optoelektron) impulsli holat datchiklari kiradi.
Absolyut datchiklarga nisbatan ularning afzalligi: oddiy va narxi arzon. Kamchiligi esa: davriy kalibrovkalash va keyingi mikroprotsessorli qayta ishlash kerakligi
Datchiklar kontaktli va kontaktsizlarga bo`linadi.
Kontaktsiz datchiklarda harakatchan ob`ekt va datchik o`rtasidagi aloqa magnitli va elektromagnitli va elektrostatik maydonlar yordamida, hamda optoelektron usulda amalda oshiriladi.
Birinchi ma`ruzada aytib o`tganimizdek, datchiklar konstruktsiyasi ularni mexanik tizimda joylashtirish imkonini berishi kerak, demak konstruktsiyasi kam joy egallashi kerak, shovqinga himoyasi bo`lishi kerak, ya`ni elektrmagnit ta`sirlar, tarmoqda kuchlanishning o`zgarishi bo`lganda, hamda mexanik ta`sirlar (zarba, silkinish) bo`lganda, atrof muhit o`zgarishiga himoyasi kuchli bo`lishi kerak.
Texnikaning turli sohalarida analogli holat datchiklari ishlatiladi.
|
| |