Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari diskret ko‘rini, analog ko’rinishi zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘ligi




Download 5,39 Mb.
bet10/16
Sana19.01.2024
Hajmi5,39 Mb.
#140805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
11 blet

3. Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari diskret ko‘rini, analog ko’rinishi zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘ligi
: Signal manbayi quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama Ryu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron — nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kirish signali manbayi yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o'zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, awalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbayidan (to‘g‘rilagich, akkumulator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbayidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich “vositachilik” qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quwati Rkir ni Rchiq ga quyidagicha ko'rinishda o‘zgartirishdan iborat:
Rchiq =K*Rkir
Ya’ni, chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbayining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bu shart ideal kuchaytiigichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi.
Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi. Kuchaytirishni ta’minlash uchun ideal kuchaytirgich o‘z tarkibida kirish signali ta’sirida qarshiligini chiziqli o‘zgartuvchi elementga ega bo'lishi zarur. Lekin, hozirgi kungacha qarshiligini chiziqli o'zgartuvchi kuchaytirgich elementlar mavjud emas. Shuning uchun kuchaytirishni amalga oshirishi mumkin bo'lgan boshqariluvchi element sifatida ВТ va MTlar ishlatiladi. Nochiziqli VAXga ega bo'lgan holda, tranzistor amalda boshqariladigan qarshilikni ifodalaydi. Qarshilik qiymati tranzistorning ulanish usuli, boshqaruvchi signal qiymati va ishorasiga bog'liq bo'ladi.



Download 5,39 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 5,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari diskret ko‘rini, analog ko’rinishi zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘ligi

Download 5,39 Mb.