|
blet.1. Dielektriklarning xususiyatlarini aytib bering
|
bet | 7/16 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 5,39 Mb. | | #140805 |
Bog'liq 11 blet16.blet.1. Dielektriklarning xususiyatlarini aytib bering.
Dielektriklar (ing. electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. Dielektriklar elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi. „Dielektriklar“ atamasini fanga Michael Faraday kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyuqliklar va qattiq jismlar dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda dielektriklarni qutbli dielektriklar hamda qutbsiz dielektriklarga ajratish mumkin. Bunda dielektriklar molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham dielektriklarning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, temperaturaga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli dielektriklarga spirt, toza suv; qutbsiz dielektriklarga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.
2. Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) haqida ma’lumot bering.
: Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.
|
| |