|
Nomuvozanat p-n o‘tish nima va u qanday aniqlanadi ?
|
bet | 3/16 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 5,39 Mb. | | #140805 |
Bog'liq 11 blet2. Nomuvozanat p-n o‘tish nima va u qanday aniqlanadi ?
p-n oʻtish yoki elektron-teshik oʻtish — har xil turdagi oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan ikkita yarim oʻtkazgichning aloqa maydoni — teshik (p, inglizchadan positive-ijobiy) va elektron (n, inglizchadan negative-manfiy). P-n oʻtish joylarida elektr jarayonlari chiziqli boʻlmagan oqim kuchlanish xususiyatiga ega yarimoʻtkazgichli qurilmalarning (diodlar, tranzistorlar va boshqalar) ishlashi uchun asosdir.
3. UB ulanish sxemasidagi bipolyar tranzistorning statik elektrod xarakteristikalari.
13.blet.1. O‘zgaruvchan tokа ta’rif bering. va o‘zgaruvchan to’kdi grafik usuldagi ko'rinishini chizing.
Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.
O
O'zgaruvchan toklarning uchta misollar:
Tasodifiy o'zgaruvchan tok
Oʻzgarmas tok
Oʻzgaruvchan tok
2. Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar
VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq p-n o‘tishlarga ega ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi.
Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. SHundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira - eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan asbob - triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi. Tuzilma chekkasidagi r – qatlam anod (A), n – qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n – va r – sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlarning o‘zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida simistor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.
Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. Uning tuzilmasi 3.1 a – rasmda, shartli belgilanishi esa 3.1 b – rasmda keltirilgan. Dinistorning uchta p-n o‘tishi J1, J2 va J3 deb belgilangan.
Dinistor sxemalarda o‘zaro ulangan ikkita triodli tuzilma bilan almashtirilgan xolda ko‘rsatilishi mumkin. Dinistorni tashkil etuvchi tranzistorlarga ajratilishi va o‘zaro ulangan tranzistorlar bilan almashtirilishi 3.2 – rasmda ko‘rsatilgan. Bu ulanishda T1 tranzistorning kollektor toki T2 tranzistorning baza tokini, T2 tranzistorning kollektor toki esa T1 tranzistorning baza tokini tashkil etadi. Tranzistorlarning bunday ulanishi hisobiga asbob ichida musbat TA hosil bo‘ladi.
Tiristor dinistorga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri boshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos tranzistorning uzatish koeffitsienti ortadi va tiristor ulanadi.
|
| |