• 3. MDYA-tranzistor necha chiqishlarga ega va ishlash prinspi Tranzistor
  • Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar




    Download 5,39 Mb.
    bet14/16
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,39 Mb.
    #140805
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    11 blet

    2. Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar
    Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira - eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlaming bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan asbob -triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
    Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi.
    Tuzilma chekkasidagi p - qatlam anod (A), n - qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n - va p - sohalar baza deb ataladi, ularga o'matilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlaming o‘zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. 0 ‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida sindstor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.
    Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. Uning tuzilmasi 2a-rasmda, shartli belgilanishi esa 2b-rasmda keltirilgan. Dinistoming uchta p-n o‘tishi J1 J2 va J3 deb belgilangan.


    3. MDYA-tranzistor necha chiqishlarga ega va ishlash prinspi


    Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
    Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydonli tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
    Hozirgi kunda analog texnikalar olamida bipolyar tranzistorlar (BT) (xalqaro atama — BJT, Bipolar Junction Transistor) asosiy oʻrinni egallagan. Raqamli texnikalar sohasida esa, aksincha maydoniy tranzistorlar bipolyar tranzistorlarni siqib chiqargan. Oʻtgan asrning 90-yillarida, hozirgi davrda ham elektronikada keng miqyosda qoʻllanilayotgan bipolyar-maydoniy tranzistorlarning gibrid koʻrinishi — IGBT ishlab chiqildi.

    Download 5,39 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 5,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar

    Download 5,39 Mb.