• Elektronika va radiotexnika kafedrasi Sxemalar va elektronika 1 fanidan
  • Elektronika va radiotexnika




    Download 203.5 Kb.
    bet1/5
    Sana27.03.2024
    Hajmi203.5 Kb.
    #178672
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2- Mustaqil ish (2)
    Mustaqil ish, PQ-4860 13.10.2020 (2), 1-mustaqil ish HFX fanidan, 1-top 22-var, 1-масала 17-variant, 2-amaliy 9-var, 21-var (5)


    Elektronika va radiotexnika kafedrasi assistenti A.X. Abdullayev


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI




    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Elektronika va radiotexnika kafedrasi Sxemalar va elektronika 1 fanidan




    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Dinistor tuzilmasi va ishlash prinsipi




    Guruh: 043-22
    Bajardi: Rasulov Kozimjon Erkin o‘g‘li

    Tekshirdi: A.X. Abdullayev


    Toshkent-2023

    Reja:



    1. Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi.

    2. Tiristor tuzilmasi va ishlash mexanizmi. Tiristorning ekvivalent sxemasi.

    3. Simistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi. Boshqariluvchi to’g’rilagichlar. Qo‘llanish sohalari.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    1 Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi.

    VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq p-n o‘tishlarga ega ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi.


    Tiristorning S-simon VAXida tok ortishi bilan kuchlanish kamayadigan AV soha mavjud (1-rasm).

    1-rasm. Tiristorning S – simon VAXi.

    Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira – eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda ener-giya iste’mol qilmaydigan asbob – triggerlar sifatida keng ishlatiladi.


    Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi. Tuzilma chekkasidagi r – qatlam anod (A), n – qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n – va r – sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlarning o‘zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida simistor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.

    Download 203.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 203.5 Kb.