|
Maydoniy tranzistorlar (MT)ning umumiy ma’lumotlar
|
bet | 4/16 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 5,39 Mb. | | #140805 |
Bog'liq 11 blet3. Maydoniy tranzistorlar (MT)ning umumiy ma’lumotlar
14 BLET1. Om va Kirxgof qonunlari.
Om qonuni
Elektr tokining manbasi, iste’molchisi va yordamchi qurilmalarning elektr o‘tkazgichlar orqali tutashtirilgan majmuasi elektr zanjiri deb yuritiladi. Zanjirning asosiy elementlariga manba va iste’molchi kiradi. Yоrdamchi elementlariga tutashtiruvchi simlar, o‘lchov asboblari, kommutatsion apparatlar kiradi. Eng oddiy elektr zanjiri manbadan, iste’molchidan va ularni ulab turuvchi simlardan iborat bo‘ladi. Unda E - EYUK manbasi, r – manbaning ichki qarshiligi, R – iste’molchi qarshiligi
КИРХГОФ ҚОИДАЛАРИ - тармоқланган занжирнинг исталган қисмидаги ток кучини шу қисмлардаги берилган қаршиликлар ва қўйилган э. ю. к, лар бўйича аниқлашга имкон берувчи қоидалар.
Ўтказгичларнингтармоқланган электр занжиридаги ўзгармас ток ёки квазистационар ток (секин ўзгарадиган ўзгарувчи ток)лар ва кучланишлар орасидаги муносабатларни ифодалайди. 1847 й. да Г. Р. Кирхгоф аниқлаган
2. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarning shartli sxemalarini va ta’rifini keltiring.
3. Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari AChX, OKning LAChXsi
Operatsion kuchaytirgich (OK) – bu kuchlanish bo‘yicha yuqori kuchaytirish koeffitsiyenti (104÷106), yuqori kirish (104107 Om) va kichik chiqish (0,1÷1 kOm) qarshiliklariga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichi. OK ikkita kirish va bitta chiqishga ega. Chiqish va kirishdagi signallarning qutbiga ko‘ra kirishlarning biri inverslaydigan (“-” ishorasi bilan belgilanadi), ikkinchisi – inverslamaydigan (“+”ishorasi bilan belgilanadi) deb ataladi.
OKning shartli belgisi 1 a, b - rasmda keltirilgan. Manba qiymatlari bir – biriga teng, lekin umumiy shinaga nisbatan ishoralari teskari bo‘lgan ikkita manbadan ta’minlanadi. Bu bilan kirish signali mavjud bo‘lmaganda chiqishda nol potensial ta’minlanadi va chiqishda ham musbat, ham manfiy signal olish imkoniyati yuzaga keladi. Real OKlarda kuchlanish manbai qiymati yo3 V ÷ yo18 V oralig‘ida yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 va 2 kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa – inverslamaydigan kirish va umumiy shinaga ulanadi. OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olinagan bo‘ladi. Teskari aloqa zanjiri turiga ko‘ra OK analog signallar ustidan turli amallarni (operatsiyalarni) bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig‘indi olish, integrallash, differensiallash, solishtirish, logarifmlash va boshqalar kiradi. Shuning uchun bunday kuchaytirgichlar – operatsion deb ataladi. OKning chastota xossalari uning AChXsida aks ettiriladi. Bu xarakteristikani qurishda KU0 dBlarda ifodalanadi, chastota esa logarifm masshtabida gorizontal o‘q bo‘ylab o‘rnatiladi. OKning bunday AChXsi logarifmik amplituda – chastota xarakteristikasi (LAChX) deb ataladi. tez ishlaydigan K140UD10 turdagi OKning LAChXsi keltirilgan. fYu – chastotadan kichik qiymatlarda kuchaytirish koeffitsiyenti 20 lg KU0 ga teng bo‘ladi, ya’ni LAChX chastota o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziqni beradi. Kirish signalining ortishi bilan KU0 kamaya boshlaydi va f1 chastotada kuchaytirish koeffitsiyenti birga teng bo‘ladi.
|
| |