• 2. Optron haqida ma’lumot bering va shartli sxemasini keltiring . Optron
  • blet.1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering




    Download 5,39 Mb.
    bet5/16
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,39 Mb.
    #140805
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    11 blet

    15blet.1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering.
    : Voltmetr — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor. Ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali boʻladi. Oʻzgaruvchan tok elektron voltmetrlari diodli toʻgʻrilagichlar, kuchaytirgich va oʻlchash mexanizmidan tashkil topgan. Oʻzgaruvchan tok voltmetrlarining asosiy qismlari: toʻgʻrilagich (T), oʻzgaruvchan tok kuchaytirgichi (K), oʻzgarmas tok kuchaytirgichi (OʻTK) va oʻlchash mexanizmi (OʻM)dan iborat. Oʻlchash mexanizmlari koʻpchilik hollarda raqamli qilib yasaladi.
    Toʻgʻrilagichlarda yuqori chastotali diodlardan foydalanilganda elektron voltmetrlar 20—30 Gs dan 100—300 MGs gacha chegarada aniq ishlaydi. Oʻzgarmas tok elektron voltmetrining asosiy qismini modulyator (M), kuchaytirgich (K), toʻgʻrilagich (T) hamda oʻlchash mexanizmi tashkil etadi. Universal elektron voltmetrlar ham shunday tuzilgan. Yuqorida koʻrsatilgan sxemalarda asosan zamonaviy yarimoʻtkazgichli elementlar (diodlar, tranzistorlar va turli integral mikrosxemalar) ishlatiladi. Raqamli voltmetrlarning turli xillari, masalan, F 219, F229, V7-38 rusumlilari kundalik turmushda va i.ch.da ishlatiladi

    2. Optron haqida ma’lumot bering va shartli sxemasini keltiring.
    Optron — yorugʻlik signallarini kuchaytirib yoki oʻzgartirib beradigan asbob. Yoruglik nurlatgichi va foto qabul qilgichdan iborat. O. elementlari oʻzaro optik, elektr yoki aralash usulda ulanadi. Yorugʻlik nurlatgichida kiruvchi elektr signallar yorugʻlik signallariga aylanadi va optik kanal orqali foto qabul qilgichga uzatilib, unda elektr signallariga aylanadi. Nurlatgich sifatida, odatda, yarim oʻtkazgichli yorugʻlik nurlatuvchi diodlardan; optik kanalining oraliq muhiti sifatida optik yelimlar, shishalar, tolali yorugʻlik oʻtkazgichlar, havodan; foto qabul qilgich sifatida fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalardan foydalaniladi. O. radioelektronika va hisoblash texnikasida ishlatilad

    Download 5,39 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 5,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    blet.1. Voltmetr qurilmasi sxemalarda qanday ulanadi ta’rifini yozing, voltmetrni sxemada ulangan korinishini chizib bering

    Download 5,39 Mb.