• Xavsizlik texnikasini o’rganish
  • 1 Mavzu: Kirish Xavsizlik texnikasini o’rganish. Kirish. Avtomobillarning tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar




    Download 0.96 Mb.
    bet1/3
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.96 Mb.
    #91559
      1   2   3
    Bog'liq
    1-MAVZU
    Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari

    1 Mavzu: Kirish Xavsizlik texnikasini o’rganish.


    KIRISH.Avtomobillarning tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar
    Zamonaviy avtomobil juda murakkab mashina bo'lib, u bir biriga bog'lik holda ma'lum bir vazifani bajaruvchi bir necha mexanizm va qismlardan tashkil topgan. Ko'pchilik avtomobillarning umumiy tuzilishi sxemasi, ularning mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, hamda ish sharoiti bir biriga o'xshash. Shu sababli avtomobilning umumiy tuzilishini o'rganish uchun ba'zi soddalashtirishlar kiritamiz.
    Umuman olganda avtomobil detallar, uzellar, mexanizmlar, agregatlar va tizimlar yigindisidan iborat.
    Detal – mexanizm va mashinalarning yig'ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim–ayrim qismlari (masalan, bolt, porshen barmog'i, shesternya va x.k.).
    Uzel – bir necha detallarning mashinada ma'lum mustaqil vazifani bajaruvchi birikmasi.
    Mexanizm – xarakatni ma'lum tartibda uzatuvchi va o'zgartiruvchi tuzilma.
    Agregat – bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma.
    Tizim – bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig'indisi (masalan, ta'minlash tizimi, moylash tizimi yoki sovitish tizimi va x.k.).
    Avtomobil konstruktiv xususiyatlari va vazifalaridan kat'iy nazar, asosiy uch kismdan iborat: kuzov, dvigatel va shassi. Avtomobil kuzovi yuk tashish va passajirlarni joylashtirish vazifasini bajaradi.
    Ko'pchilik yengil avtomobil va avtobuslar kuzovlarining qattiq va puxta ishlangan asosi rama vazifasini o'taydi. Bunday kuzovlar ko'taruvchi kuzov deb ataladi. Yuk avtomobillarining kuzov qismida yuk tashishga mo'ljallangan platformadan tashqari, haydovchining kabinasi ham bo'ladi, u dvigatelning orqasida (GAZ-53A, ZIL-130) yoki dvigatelning ustida (GAZ-66, MAZ-500A, KamAZ) joylashadi.
    Avtomobilning umumiy tuzilishi va mexanizmlarining joylashuvini aniq tasavvur qilish maqsadida, transport vositasi sifatida keng tarqalgan ikki o'qli, dvigateli oldida joylashgan avtomobilning sodda tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.
    Dvigatel – avtomobilning xarakatlanishi uchun zarur bo'lgan mexanik energiya hosil qiluvchi manba bo'lib xizmat kiladi. Mexanik energiya esa dvigatelda yonilg'i yonishi natijasida hosil bo'ladigan ximiyaviy energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida hosil bo'ladi. Dvigateldan olingan mexanik energiya bir kator mexanizm va agregatlar orqali yetakchi g'ildiraklarga yetkazib beriladi. Zamonaviy avtomobillarda, asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o'rnatiladi (karburatorli yoki qisish natijasida o'z-o'zidan alangalanuvchi dizel dvigatellari).
    Shasssi – avtomobilning asosi bo'lib, uch gurux mexanizm va tizimlarni o'z ichiga oladi: Kuch uzatmasi, yurish qismi va boshqarish tizimi.
    Kuch uzatmasi dvigatel validan kelayotgan burovchi momentni o'zgartirilgan holda yetakchi g'ildiraklarga uzatib beradi. Kuch uzatmasiga kuyidagi mexanizmlar kiradi: ilashish muftasi, uzatmalar kutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlar. Ilashish muftasi dvigatelni uzatmalar qutisidan qisqa muddatga uzib ko'yishga, uzatmalarni ravon ulashga va avtomobilni ravon qo'zg'atishga xizmat qiladi. Uzatmalar qutisi dvigatel hosil qilgan burovchi moment kattaligini oshirib kardanli uzatmaga yetkazib beradi. Shu bilan birga dvigatelni qisqa yoki uzoq muddatga kuch uzatma mexanizmlaridan ajratib ko'yadi. Shuningdek, uzatmalar qutisi avtomobilning orqaga yurishini ta'minlaydi.
    Dvigatel, ilashish muftasi va uzatmalar qutisi blok shaklida joylashib, ularning asosiy o'qlari bir tug'ri chizikda yotgani uchun ularni kuch bloklari deb yuritiladi.
    Kardanli uzatma uzatmalar qutisidan keyin joylashgan bo'lib, undan olgan burovchi momentni o'zgaruvchan burchak ostida asosiy uzatmaga yetkazib beradi. Asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlar orqa ko'prikda joylashgan bo'lib, kardandan kelayotgan burovchi momentni yetakchi g'ildiraklarga kuchaytirgan holda yetkazib beradi.

    Xavsizlik texnikasini o’rganish



    Download 0.96 Mb.
      1   2   3




    Download 0.96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu: Kirish Xavsizlik texnikasini o’rganish. Kirish. Avtomobillarning tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar

    Download 0.96 Mb.