|
Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 9-20 tmj guruh talabasi
|
Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #110316 |
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
9-20 TMJ GURUH TALABASI
Mexatronika asoslari.
BOZOROV SHOHJAHONNING
HISOBOTI.
fanidan
Mavzu: Mexatronika moduli uchun oddiy elektron sxemalarni qurish.
Topshirdi:Bozorov Shohjahon.
Tekshirdi:________________
Mexatronika moduli uchun oddiy elektron sxemalarni qurish.
Reja:
1.Rezistor haqida ma’lumot.
2.Led haqida ma’lumot.
3. Ledni ulash prinsipial sxemasi.
4.Xulosa.
Mashg’ulot maqsadi: Talabalarda mexatronika moduli uchun oddiy elektron sxemalarni qurish amaliy ko`nimalarni shakllantirish. Bu amaliy mashg’ulotda talabalar juda oddiy elektron sxemani yaratishni o`rganishadi. Bu sxema yorug’lik chiqaruvchi diod LEDni (Light Emitting Diode) yoqishni amalga oshiradi. Talabalar quyidagilar haqida ma’lumotga ega bo’lishadi: • rezistorlar haqida; • svetodiodlar (yoruhlik diodlari); Talabalar quyidagilarni o`rganadi: • elektr sxemani o`qish tartibini; • maketda elektr sxemani qurish tartibini.
Qisqa nazariy ma`lumotlar Rezistor (ingl. resistor, lotinchada resisto – qarshilik ko`rsataman) – elektrik zanjirning passiv elementi bo`lib, elektr qarshilikni aniq va o`zgaruvchan qiymatiga ega, tok kuchini chiziqli ravishda kuchlanishga aylantirishga va kuchlanishni tok kuchiga aylantirish, tokni cheklash, elektr energiyani yutish va hokazolar uchun mo`ljallangan.
Rezistorlarni ketma-ket ulaganda ularning qarshiliklari qiymati yig’indisi olinadi Rezistorlarni paralell ulaganda esa teskari qarshiliklar yig’iladi (ya`ni 1/R umumiy qarshilik 1/Ri har bir qarshilik o`tkazuvchanligi yig’indisidan iborat bo`ladi)
Svetodiо́d (yorug’lik diodi) yoki yorug’lik tarqatuvchi diod (angl. lightemitting diode, LED) – elektron-tirqishli o`tishlarga ega yarim o`tkazgichli element bo`lib, unda to`g’ri yo`nalishda elektr tokini o`tkazilishi paytida optik nurlanish paydo bo’ladi.
Sxema komponentlari:
1. Maket (Breadboard);
2. Maketda ulash uchun o`tkazgich simlari (Wire Link);
3. 1 kOm qarshilikli rezistor;
4. 5 mmli LED;
5. Batareya qisqichi;
6. 9Vli batareya yoki boshqa elektr energiya manbai.
Printsipial sxemani o`qish. LEDni ulash printsipial sxemasi (smexatik diagramma sifatida ham ma`lum) 1.2-rasmda ko`rsatilgan:
Bu sxema bo`yicha (batareyadan soat strelkasi bo`yicha) akkumlyatorli batareyaning musbat chiqishini (qora ulash o`tkazgichi) 1 kOm rezistorga ulaymiz. Rezistorning boshqa uchini esa yorug’lik diodning anod uchiga ulaymiz. Yorug’lik diodning katod uchini esa akkumlyatorli batareyaning manfiy ulagichiga (qizil ulash o`tkazgichi) ulaymiz. Ko`pincha batareya yoki boshqa elektr manbani sxemada ko`rsatilmaydi. Bunday alternativ sxema qanday qilib kuchlanish zanjirda bog’lanishini ko`rsatib beradi. 1.3-rasmda alternativ sxemani ko`rishimiz mumkin:
2-qadam: Rezistorni maketga joylashtirish. Rezistor o`tkazgichlarini quyi rasmda ko`rsatilganidek qatlab qo`ying. Rezistorning bir uchini yorug’lik diodning katod chiqishi ustida to`g’ri chizig’ida ulang, qo`rg’oshinli uchini esa maketning o`rta kanalidan pastga joylashtiring. Bu LED katodini rezistorning bir uchiga ulash imkonini beradi. Platada rezistor atrofida qanday yo`l bo`lishi muhim emas.
3-qadam: Maketga o`zkazgich ulagichni joylashtirish. O`tkazgich ulagichni bir uchini rezistorning uchi ustidagi chiziqda joylashtiring bir uchi esa maketning yuqori relsida joylashgan bo`lishi kerak.
4-qadam: Batareya qisqichlarini maketga joylashtirish.
Batareya qora qisqichi ulagichini maketning yuqori relsiga ulang. Batareya qizil qisqichi ulagichini maketning pastki relsiga ulang.
5-qadam: Batareyani batareya qisqichiga ulash.
Va nihoyat zanjirga manba berish uchun va yorug’lik diodni yoqish uchun batareyani batareya qisqichiga joylashtiring. Quyidagi rasm bu amaliy mashg’ulotimizda qurilgan sxemani ko`rsatib berib, unda maketda ulanish chiziqlarini ko`rsatadi. Bu chiziqlar ko`k rangda keltirilgan.
Amaliyot buyicha bajarilgan ishlar.
|
| |