• Kompleksonometriya qo`llanishiga misollar
  • Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakulteti




    Download 1,54 Mb.
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,54 Mb.
    #122618
    Bog'liq
    Презентация1


    BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI
    2 A KIMYO-TEXNOLOGIYA YO`NALISHI TALABASI ATADJANOV ARSLONBEKNING ANALITIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI
    MAVZU: ORGANIK KOMPLEKS HOSIL QILUVCHILARNING TEXNOLOGIYADA QO`LLANILISHI
    Organik kompleks hosil qiluvchilar, jumladan, aminokarbon kislotalar va ularning tuzlari – kompleksonlar qo`llanishi bilan usul keng qo`llana boshladi va keyinchalik kompleksonometriya usuli deb atala boshladi. Kompleksonlar ichida etilendiaminotetra sirka kislotasining ikkita natriyli tuzi, ya`ni komplekson-III analizda keng qollaniladi (texnik nomlanishi – TrilonB). 
    Komplekson-III ko`pchilik metall ionlari bilan komplekslar (ichki kompleks birikmalar) hosil qiladi. Bunda metallar ionlar karboksil guruhdagi vodorod atomlari bilan o`rin almashinadi, azot atomlari esa koordinatsion bog` hosil qiladilar. Natijada barqaror qisqichsimon kompleksonlar (xelatlar) hosil bo`ladilar.
    Kompleksonometrik titrlash usulida metall xrom indikatorlari qo`llaniladi. Ular organik bo`yoqlar bo`lib, o`zlari bir rangga, metallar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasida esa boshqa rangga ega. Masalan, erioxrom qorasi (EXCH-T) indikatori o`z rangini quyidagi sxemaga muvofiq o`zgartiradi: H2Jnd + Me2+ → MeJnd + 2H
    pH=7-11 bo`lganda ko`pchilik metall ionlar indikator bilan qizil rangli komplekslar hosil qiladilar (Mg2+, Ca2+, Zn2+, Cd2+, Al2+, Co2+, Ni2+, Cu2+ va boshqalar). Lekin bu komplekslar metallarning komplekson-III bilan hosil qilgan komplekslaridan beqaror bo`lgani uchun titrlash vaqtida metall ionlari komplekson-III bilan rangsiz komplekslar hosil qiladilar, eritmada esa indikatorning erkin molekulalari qoladi va ular ko`k rangga bo`yaladi. Demak, metall ionlari titrlaganda eritmaga mos keluvchi bufer aralashma qo`shiladi va hosil bolgan qizil rangli eritma ko`k rangga kirguncha kompleksonIII bilan titrlanadi
    Kompleksonometriya qo`llanishiga misollar Bu usul, yuqorida aytib o`tganimizdek, kuchsiz ishqoriy muhitda ko`pchilik metallarning aniqlanishiga imkoniyat beradi. Yuqoriroq ishqoriy muhitlarda pH>13 bo`lganda, bu metallar gidroksidlar cho`kmasini hosil qiladilar, Sa2+ dan tashqari, u esa indikator – mureksid ishtirokida titrlanadi. Demak, muhit pH ini va indikatorni to`g`ri tanlab, ko`pchilik metallarning ionlarini aniqlash mumkin. Konmpleksonometriya usulining qo`llanilishiga keyingi keng tarqalgan usul – suvning umumiy qattiqligini aniqlashdir.
    Kompleksonometriyani qo`llanishiga ikkinchi keng tarqalgan usul – suvning umumiy qattiqligini aniqlashdir. Suvning tarkibidagi xloridlar, kalsiy va magniyni nitratlari doimiy qattiqlikni ifodalaydi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlikning yig`indisi umumiy qattiqlikni tashkil etadi. Kompleksonometrik titrlash usuli bilan umumiy qattiqlik aniqlanadi.
    Aniqlash kuchsiz ishqoriy muhitda indikator erioxrom qorasi ishtirokida olib boriladi va komplekson-III eritmasi bilan vino-qizil rangdan ko`k rangga o`tguncha titrlanadi. Vaqtinchalik qattiqlikni neytrallash usuli bilan umumiy qattiqlikni kompleksonometrik usul bilan aniqlab, umumiy va vaqtinchalik qattiqlikni ayirmasidan doimiy qattiqlik hisoblanadi. Umumiy qattiqlikni kompleksonometrik usul bilan aniqlash keng tarqalgan bo`lib hamma korxona, ilmiy va boshqa laboratoriyalarida qo`llaniladi.
    Tarkibida murakkab - kompleks ion tutgan birikmalar kompleks birikmalar deyiladi. Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil bo’lishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi.Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib bo’lmaydi. Kompleks birikmalar 2 ta polyar molekulalarni o’zaro ta’siridan hosil bo’ladi. Masalan: NH 3 + HCl = [NH4]Cl kristall
    CaCl2 + 8NH 3 = [Ca(NH3 )8]Cl2 kristall CuCl2 + 2NH4OH = Cu(OH)2¯ + 2NH4Cl ko’k cho’kma Agar cho’kmaga ko’p miqdorda NH4OH qo’shsak, cho’kma eriydi. Cu(OH)2¯ + 2NH4OH + 2NH4Cl = [Cu(NH3)4]Cl + 4H2O ko’k rangli eritma
    Fe(CN)2 + 4KCN = K4[Fe(CN)6] sariq qon tuzi Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi Agar reaktsiya sharoiti o’zgartirilsa, CrCl3 + 6H2O -® [Cr(H2O)6]Cl3 1 mol suv ajratilsa, sariq rangli [Cr(H2O)5Cl]Cl2, yana 1 mol suv ajratilsa [Cr(H2O)4Cl2]Cl
    Download 1,54 Mb.




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakulteti

    Download 1,54 Mb.