|
Analitik kimyoda avtoatalitik reaksiya va uni bajarish usuli
|
bet | 1/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 73,39 Kb. | | #122141 |
Bog'liq Kuralbaev Xasan slide 2
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI 2A KIMYO TEXNOLOGIYA YOʼNALISHI TALABASI KURALBAEV XASANNING ANALITIK KIMYO FANIDAN TAYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU:ANALITIK KIMYODA AVTOMATALITIK
REAKSIYA VA UNING BAJARILISH USULI
Reja: - 1. Analitik kimyo- mustaqil kimyoviy fan sifatida.
- 2 . Analitik kimyoning qishlok xo’jaligidagi ahamiyati.
- 3. Analitik kimyoning rivojlanish davrlari.
- 4. Sifat analizi usullari.
- 5. Analitik reaktsiyalarning o’tkazish usullari.
Analitik kimyo mustaqil kimyoviy fan sifatida - Har qanday modda bir yoki bir necha kimyoviy elementdan tashkil topganligini siz bilasiz. Masalan, grafik birgina uglerod elementidan, suv esa vodorod va kislorod elementlaridan tashkil topgan. Moddaning qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlash uchun uni kimyoviy analiz qilish zarur. Kimyoviy analiz ayni modda tarkibida qanday elementlar borligini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki bu moddada ular o’zaro qanday miqdoriy nisbatlarda ekanligini ham aniqlaydi. Analitik kimyo moddalarni analiz qilish usulari haqidagi fan bo’lib, uning mazmunini analiz qilishning nazariy va amaliyotga oid masalalarni hal qilishdan iborat
Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. - Analitik kimyo nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi.
- Analitik kimyo bilan agranomiya, fiziologiya, mikrobiologiya, veterinariya, zoogigiena, qishloq xo’jaligi hayvonlarini oziqlantirish fanlari bevosita bog’liq.
Analitik kimyoning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati - Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologik jarayoni nazorat qilinmaydigan birorta ham kimyoviy korxona yo’q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish ishlab chiqarish jarayonlarini tushuntirish mumkin emas.
- Ekinlardan mo’l hosil olish va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifasi tuproq tarkibini o’rganish, o’g’itlar, yem-hashak tarkibini mukammal bilishni talab etadi. Bu muammoni hal etishda bevosita analitik kimyo usullaridan foydalaniladi. Chorvachilik fermalarida va komplekslarida, sanitariya va gigiena laboratoriyalarida, ishlab chiqarish binolaridagi havoning tarkibini va uning ifloslanish darajasini aniqlashda, ichimlik va oqar suvlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini analiz qilishda analitik kimyo usullari qo’llaniladi.
|
| |