• PLAZMA ASLI NIMA
  • UILYAM KRUKS TAJRIBASI
  • PLAZMA XOSSALARI
  • Xulosa
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Muhandislik fakulteti 11-21 tmj guruh talabasi Azimov Raxmatilloning Payvand birikmalarning turlari




    Download 1,81 Mb.
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,81 Mb.
    #104581
    Bog'liq
    11-21-3-kurs Ubaydullayeva Diyora

    Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Muhandislik fakulteti 11-21 TMJ Sirtqi guruh talabasi Ubaydullayeva Diyoraning payvandlash jarayonlari nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti

    TEKSHIRDI: R.SIDDIQOV

    BAJARDI: D.UBAYDULLAYEVA

    mAVZu: “Plazmaning termodinamik elementlari ”

    REJA:

    • Plazma asli nima?
    • Uilyam Kruks tajribasi
    • Plazma xossalari

    PLAZMA ASLI NIMA?

    • Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki qisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz. Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi taʼsirida molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P. holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan bogʻliq. Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar taʼsirida zaif ionlashgan P. boʻlib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar toʻla ionlashgan P.dan iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10, quyosh shamolida p ~ 10, qattiq jismlarda p - 1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923).

    UILYAM KRUKS TAJRIBASI

    • Moddaning plazma holatini ilk marta payqab qolgan olim Britaniyalik mashhur fizik Uilyam Kruks (1832-1919) bo‘lib, u keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan (Kruks trubkasi) gazorazryadli vakuum trubkasi bilan tajriba o‘tkazayotgan paytda ushbu fizik fenomenni sezib qolgan. Aslida, plazma - moddaning agregat holatlari ichida Koinotda eng keng tarqalgan ko‘rinishidir. Xususan, deyarli barcha charaqlab turgan yulduzlar asosan plazmadan tashkil topgan bo‘ladi. Yer sharoitidagi plazma manbalariga oddiy misollar tariqasida, fluoressent lampalar, plazmali televizorlar, neon reklamalari va chaqmoqlarni keltirish mumkin. Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridan biri - ionosfera ham Quyosh nurlanishlari tufayli yuzaga kelgan plazmadan iborat. Olis masofalarga radioaloqa signallari uzatish sohasida aynan ionosfera juda katta ahamiyat kasb etadi.

    Rasmda: Plazma lampada murakkab fizik hodisalar kuzatiladi. Masalan, filamentatsiya (tolalar yuzaga kelishi) jarayoni shular jumlasidandir. Ajoyib, go‘zal rangli manzaralarning hosil bo‘lishi esa, plazmada elektronlarning kuchli qo‘zg‘algan holatdan, nisbatan past energiyali holatga o‘tishi natijasidan vujudga keladi.

    PLAZMA XOSSALARI

    • Plazma xossalarini o‘rganishda turli tuman gazlardan va juda keng harorat diapazonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, plazma xususiyatlarini tadqiq qilishda, gazlarga nisbatan qo‘llaniladigan tashqi maydon intensivligi ham ba'zan juda katta darajalarga olib chiqiladi. Ayrim tajribalarda, plazmaning o‘zini qanday tutishini o‘rganish maqsadida, gazga shunchalik katta maydon kuchlanganligi berilganki, bunday maydon intensivligi tabiatda faqat astrofizikadagi termoyadroviy reaksiyalarda bo‘ladi. Plazmadagi zaryadlangan zarralar bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashadi va shu sababli, undagi har bir zaryadlangan zarraga o‘z yaqinidagi boshqa ko‘plab zarrachalar ta'sir ko‘rsatadi.

    PLAZMA XOSSALARI

    • Plazmali televizorlarda ksenon va neon gazlari atomlarining kuchli qo‘zg‘alishi natijasida, ular yorug‘lik kvantlarini - fotonlarni chiqara boshlaydi. Ushbu kvantlarning ba'zilari, yorug‘likning biz ko‘ra olmaydigan ultrabinafsha spektriga taalluqli bo‘ladi. Aynan o‘sha kvantlar ekrandagi lyuminoforga ta'sir ko‘rsatib, o‘z navbatida, lyuminoforni biz ko‘ra oladigan spektrdagi yorug‘lik chiqarishga majbur qiladi. Displeyning har bir pikseli, yanada kichikroq bo‘lgan pikselchalardan iborat bo‘lib, undagi lyuminofor turli rangdagi yorug‘lik nurlarini - yashil, ko‘k va qizil nurlarni chiqaradi.

    Xulosa:

    Ushbu mavzuni yakunlab, xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki:

    • Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.
    • Fizika va kimyoda plazma (yun. πλάσσω, plasso — „shakl quyaman“) atamasi ostida gazga oʻxshash, zarrachalari ionlashgan modda holati tushuniladi. Gazni qizdirish uning atom yoki molekulalarini ionlantirib, plazmaga aylantirishi mumkin.[1] Issiqlikdan tashqari kuchli elektromagnit maydoni (lazer yoki mikrotoʻlqin) yordamida ham plazma hosil qilish mumkin ekanligini hamda bir qancha yanada qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz ham mumkin.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 1,81 Mb.




    Download 1,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Muhandislik fakulteti 11-21 tmj guruh talabasi Azimov Raxmatilloning Payvand birikmalarning turlari

    Download 1,81 Mb.