11-ma’ruza. Axborotlar logistikasi. Reja: Axborot logistikasi va uning tizimlari




Download 0.5 Mb.
bet1/7
Sana27.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#75848
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-маъруза
1-kurs matem, file (8), alif, tayga tuproqlari, Umirzoqova Hulkar Shamsiddin qizi2, 61aee1eb659509.21780188, 1111, ilova, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.

11-ma’ruza. AXBOROTLAR LOGISTIKASI.

REJA:

1. Axborot logistikasi va uning tizimlari.

2. Logistik axborot tizimlarining tuzilishi va faoliyati.

3. Axborot infratuzilmasi.

4. Logistikada avtomat ravishda identifikatsiyalash texnologiyasidan

foydalanish.

11.1. Axborot logistikasi va uning tizimlari. Axborot logistikasi tushunchasi va masalalari. Logistika maqsadlariga erishish uchun logistik jarayonlarni boshqaruv orqali doimiy tarzda kuzatish va ta’sir ko’rsatish zarur. Bu holatda boshqaruv ishlab chiqarishda va mahsulot sotishda band bo’lgan hamma bo’linmalarning faoliyatini bir-biriga moslashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunday birlashuvning asosi bo’lib axborot ta’minoti xizmat qiladi. Axborot oqimlari logistik tizimning hamma elementlarini birlashtiruvchilari sifatida namoyon bo’ladi. Axborot turli xil logistik operatsiyalarni bajarish davomida yuzaga keladi va moddiy oqim harakatining hamma bosqichlarida ishini kuzatib boradi. Logistik tizimda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va qabul qilishda axborot qo’llaniladi. Axborot logistikasi moddiy oqimlarni kuzatib boruvchi berilganlar oqimini tashkil etish va korxonada ta’minoti ishlab chiqarish, sotuv bo’limlarini bog’lovchi muhim bo’g’in hisoblanadi. Axborot logistikasining maqsadi bo’lib boshqaruv tizimini axborot bilan to’ldirishning yuqori darajasini ta’minlash hamda logistik tizim boshqaruv ierarxiyasining har bir darajasiga zarur axborotni so’ralgan sifatda va aniq muddatlarda yetkazib berish hisoblanadi. Logistikada axborot jarayonining asosiy funktsiyalari. Axborot logistikasi logistik izimda o’tadigan axborot oqimlarin tashkil etadi va axborot jarayonlarini malga oshiradi. Axborot oqimi bu ma’lum ketma-ketlikda, belgilangan yo’nalishda harakatlanayotgan hamda boshlang’ich, o’rta va oxirgi nuqtalari belgilab qo’yilgan axborotdir. Axborot jarayoni bunda axborot o’zgarishlarining aniq ketma-ketligiga ega bo’lgan asosiy ob’ekt sifatida ko’rib chiqiladi. Bu holatda axborotni yig’ish, tahlil qilish, qayta shakllantirish, saqlash, qidirish va tarqatish muhim o’rin tutadi. Logistik tizimda o’tadigan axborot jarayoni davomida quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi:


Download 0.5 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-ma’ruza. Axborotlar logistikasi. Reja: Axborot logistikasi va uning tizimlari

Download 0.5 Mb.