|
11-Мa’ruza: Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash
|
bet | 4/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #107793 |
Bog'liq 11-MaruzaElektr – drenaj. Gaz quvurlarni korroziyadan saqlashning aktiv usullariga quyidagi elektr himoya usullari kiradi: elektrodrenaj; katod himoyasi; protektor himoyasi (11.3-rasm).
Elektrodrenaj himoyasiga gaz quvurlariga kelib tushgan daydi toklarni anod zonasidan izolyatsiya qilingan drenaj kabel yordamida qaytarib daydi toklar manbai bo’lgan relsga yoki tortish podstansiyaning manfiy shinasiga yetkazib berishiga aytiladi. Toklarning kabel yordamida chiqishi natijasida elektr korroziya to’xtaydi. Elektr drenajlar uch xil bo’ladi.
Bunda yarim o’tkazgich qo’llanilmaydi. Shuning uchun drenaj kabeli elektr podstantsiyasining manfiy shinasiga ulanadi. Uni relsga ulash mumkin emas, chunki rels uzilganda tok drenaj qurilmasi orqali gaz quvuriga o’tib ketadi. Bu esa xavfli hodisadir.
11.3 – rasm. Elektr drenajlar sxemasi.
a – oddiy drenaj; b – polyarizatsiya qilingan drenaj; v – kuchaytirilgan polyarizatsiya qilingan drenaj. 1 – gaz quvuri; 2 – so’rib oluvchi filtr; 3 – kichik tok kuchiga mo’ljallangan saqlagich; 4,5 – kontaktor o’rami; 6 – rels.
Polyarizatsiya qilingan drenajda so’rib oluvchi kabelni relsga ham ulash mumkin, podstantsiyasining manfiy shinasiga ham ulash mumkin. Chunki bunda yarim o’tkazgich qo’llanilib, u tokni faqat quvurdan tashqariga o’tkazadi.
Kuchaytirilgan drenajda maxsus qurilma ishlatilib, u elektr toki yordamida gaz quvurida doimiy manfiy potentsialni ta’milab beradi. Bitta elektr drenaj qurilmasi 5 – 6 km masofadagi gaz quvurni daydi toklar korroziyasidan saqlash mumkin.
Katod himoyasi. Katod himoyasi yer osti gaz quvurlarini yerda bo’ladigan elektrokimyoviy korroziyadan saqlaydi (11.4-rasm).
Buning uchun tashqi o’zgarmas tok manbai yordamida gaz quvurida manfiy potensial hosil qilinadi, ya’ni gaz quvuri manfiy belgiga ega bo’lgan katod zonasiga aylanadi. Anod sifatida esa yerga ko’milgan eski qora metall bo’laklaridan foydalaniladi (eski po’lat quvurlar yoki relslar).
|
| |