|
- rasm. Elektrkimyoviy korroziya sxemasi
|
bet | 2/5 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #107793 |
Bog'liq 11-Maruza7.1 - rasm. Elektrkimyoviy korroziya sxemasi.
Elektr korroziyasi tramvay, elektrichka, metro relslaridan qochgan, adashgan (daydi) toklarning quvurga kelib tushishidan sodir bo'ladi.
7.2 - rasm. Elektr korroziyasi sxemasi.
1 - rels yo'li; 2 - gaz quvuri; A - anod zonasi; K - katod zonasi; TP - o'zgarmas tok ishlab chiqaruvchi tortish podstantsiyasi.
Bu toklar relsning ulangan joylaridagi kontaktning yaxshi bo'lmasligi sababli ular yerga o'tadi va yer osti gaz quvurining qoplamasi buzilgan joylaridan quvurga kiradi. Tokning kirish zonasi katod, chiqish zonasi anod zona deyiladi. Bu tok elektr podstantsiyasi oldidan o'tganda quvurdan yerga o'tadi. Yerdan relsga o'tib, podstantsiyaning manfiy shinasiga borib tushadi. Elektr korroziya anod zonada daydi toklarning quvurdan yerga chiqish joyida sodir bo'ladi, chunki daydi toklar quvurdan metall ionlarini olib chiqadi.Bu korroziyalarning eng xavflisi elektr korroziyadir.
Tuproqning korrozion aktivligi.Gruntning korrozion aklivligi uning tarkibi, namligi, havo o'tkazuvchanligiga, yerdagi tuz va ishqorlarning miqdoriga va ycrning elektr o'tkazuvchanligiga bog'liq. Quruq tuproq korroziya jihatdan uncha xavfli emas. Namlik oshishi bilan yerning korrozion aktivligi xam oshib boradi. Maksimal korrozion aktivlik tuproqda 10-15% namlik bo'lganda bo'ladi. Lekin tuproq, namligi 20-24% dan oshganda, korrozion aktivlik kamayadi.
Agarda quvurga goh namlik, goh kislorod ta'sir qilib tursa, unda korroziya kuchayadi. Umumiy qilib olganda, gruntning korrozion aktivligi uning solishtirma elektr qarshiligi orqali aniqlanadi. Gruntning solishtirma elektr qarshiligini milliampermetr, elektr batareyasi va ikkitya elektrod-qoziq yordamida aniqlash mumkin. Bu qoziqlar gaz quvuri chuqurligicha qoqiladi va o'zgarmas tok manbasiga ulanadi. Elektr zanjirida hozil bo'lgan tok milliampermetr yordamida o'lchanadi va quyidagi formula orqali gruntning solishtirma elektr qarshiligi aniqlanadi:
U
p = k —, om-m
J
U - batareyaning kuchlanishi, (v); J - tok kuchi (ma); K - o'lchov asbobinning doimiylik koeffitsienti' ; p - solishtirma elektr qarsxilik, om -m.
Yerning solishtirma elektr qarshiligi qancha ko'p bo'lsa, uning korrozion aktivligi shuncha past bo'ladi va uning aksinchasi.
Yerning korrozion aktivligi yilning davriga bog'liq. Odatda bahorda va kuzda grantning solishtirma qarsxiligi past bo'ladi. Yerning korrozion aktivligini uning yil davomidagi minimal elektr qarsxiligi bo'yicha aniqlanadn. Yerning solishtirma elektr qarshiligiga qarab uning korrozion aktivligi quyidagicha baholanadi:
Solishtirma elektr qarshilik 5 Om-m gacha bo'lsa, o'ta yuqori korrozion aktiv grunt;
5 dan 10 Om-m gacha bo'lsa, yuqori korrozion aktiv;
10 dan 20 Om-m gacha bo'lsa, ko'tarilgan korrozion aktiv;
20 dan 100 Om-m gacha bo'lsa, o'rtacha korrozion aktiv;
100 Om-m dan yuqori bo'lsa, past korrozion aktiv grunt hisoblanadi.
Gaz quvurining korrozion holatini aniqlash uchun, hamda uning yerga nisbatan elektr potentsialini o'lchash uchun va yer osti gaz quvurlaridagi daydi toklarning kuchini va yo'nalishini aniqlash uchun nazorat punktlarida elektr o'lchov ishlari olib boriladi. Gaz quvurlarining uchastkalarida ularning elektr potentsiali yerga nisbatan + 0,1V va undan yuqori bo'lsa, bunday gaz quvurlari elektr himoya usullariga muhtojdir.
|
| |