|
RDB dastgohlarida ishlov berish sifatini nazorat qilish
|
bet | 2/2 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #123673 |
Bog'liq 11-ma’ruza. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va ishlov berish. (2)11.2. RDB dastgohlarida ishlov berish sifatini nazorat qilish.
Sifatli asbob bilan ishlov berishni ta’minlashning eng oddiy usuli uning yaroqlilik (o’lchamlarining barqarorligi) muddatiga kafolat berish va haqiqiy ishlagan vaqtini avtomatik hisoblashdan iborat. Asbob yaroqlilik muddatini ishlab bo’lgach, xuddi shunday yangi asbob (dublyor) bilan avtomatik almashtiriladi. Maskur usulning kamchiligi shundaki, asbobning ishga yaroqlilik imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmaydi yoki yaroqlilik muddatini belgilashda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik natijasida sifatsiz asbob bilan ishlov beriladi. Bundan tashkari, asbobdagi ko’zga ko’rinmaydigan nuqsolar hisobga olinmaydi. Shuning uchun asbobning ish vaqtini hisobga olish bilan bir qatorda asbobning holatini bevosita va bilvosita nazorat qilishning turli usullari qo’llaniladi. Bu usullar 11.1-jadvalda keltirilgan.
Mexanikaviy ishlov berish sharoitlarini boshqarish usullari
11.1-jadval
Boshqarish usuli
|
O’lchanadigan ko’rsatgich
|
O’lchash asbobi
|
Bevosita
|
Asbob geometriyasi
|
Mikroskop, minikompyuter, fotodatchik
|
Kesish kuchi
|
Dinamometr, tenzodatchiklar
|
O’lchamlarning aniqligi, va sirtning g’adir-budirligi
|
O’lchamni o’lchash qurilmasi
|
Kesishdagi shovqin
|
Shovqinni o’lchash qurilmasi
|
Bilvosita
|
Kesish temperaturasi
|
Termojuft
|
Radioaktiv nurlanish
|
Radioaktiv nurlanishni o’lchash qurilmasi
|
Titranish
|
Akselerometr
|
Iste’mol etiladigan quvvat
|
Vattmert
|
Asbobning holatini nazorat qilishning eng ko’p qo’llaniladigan usullarini ko’rib chiqamiz.
Parmalar va metchiklarning o’tmaslashganligini, shuningdek ularning signalligini aniqlash uchun asosiy harakat yuritmasida yuklama tokini o’lchaydigan qurilma o’rnatilgan. Agar yuklama toki yuqori chegaradan chiqsa, maskur asbob o’tmaslangan, agar pastki chegaradan chiqsa, asbob singan bo’ladi.
Bu maqsadlar uchun Shpindeldagi momentni yoki surish mehanizmidagi kuchni o’lchaydigan tenzometrik qurilmalar tobora keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bunday qurilmalardan shuningdek asbobning zagotovkaga uringan paytidagi boshlang’ich momentni aniqlashda ham foydalaniladi. Bu esa asbobning zagotovkaga kelish va undan qochish masofasini yo’qotish hisobiga ish yo’lining uzunligini kamaytirishga imkon beradi. SHu bilan bir qatorda dastgohning ish unumi oshadi.
11.6-rasm. Dasturlanadigan robotdan foydalanib asbobni holatini o’lchash sxemasi
Ko’p operatsiyali dastgohlarda va MIM da kesuvchi asbobning o’lchamlarini bevosita dastgohda o’lchash usuli keng ko’llanilmoqda. Bu maqsadda asbobni sozlash datchiklari (asbobning vaziyatini nazorat qilish qurilmalari) dan foydalaniladi. Bu qurilmalar qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’ladi. Qo’zg’almas qurilmalar bir joyda turadi va nazorat qilinadigan asbob ularga yaqinlashtiriladi. Qo’zg’aluvchan qurilmalar nazorat qilinadigan asbobga, masalan, dasturlanadigan robot yordamida yaqinlashtiriladi. Asbobning vaziyatini qo’zg’aluvchan qurilma yordamida nazorat qilish sxemasi 11.6-rasmda berilgan.
Kesish asboblarining o’lchamlarini o’lchashning ko’rsatilgan usuli asbobning qanchalik yeyilganligini aniqlashga va ishlov dasturiga mos tuzatishlar kiritishga, shuningdek uning singanligini aniqlashga imkon beradi.
Nazorat savollari:
Avtomatik nazorat tizimlari qanday o’lchash ishlarini bajaradi?
Avtomatik nazorat tizimlari necha guruhga bo’linadi?
Avtomatik nazorat tizimlariga quyidagi asosiy talablar?
Tashqarida nazorat qilish tizimining ahamiyati?
Bevosita va bilvosita boshqarish usulining avzallik va kamchilik jihatlari?
|
| |