|
11-ma’ruza. Rdb texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va ishlov berish
|
bet | 1/2 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #123673 |
Bog'liq 11-ma’ruza. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va ishlov berish. (2) 11-ma’ruza. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va ishlov berish.
11.1. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va nazorat turlari.
11.2. RDB dastgohlarida ishlov berish sifatini nazorat qilish.
11.1. RDB texnologik jihozlarga qo’yiladigan talablar va nazorat turlari.
Moslanuvchan RDB dastgohlarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri detallarga ishlov berish sifatini topshiriqda ko’rsatilgan darajada kafolatli ta’minlashdan iborat. Bu maqsadda ishlov berish sifatini avtomatik boshqarish, yaroqsizlikning oldini olish va unga qo’ymaslik uchun avtomatik nazorat tizimlari qo’llaniladi. Bu tizimlar quyidagi nazorat-o’lchash ishlarini bajaradi.
asbob holatini nazorat qiladi va diagnozlaydi;
o’lchamlarni o’lchaydi va asbobning ish vaqtini hisobga oladi;
boshqaruvchi dasturlarni to’g’rilash uchun ma’lumotlar to’playdi;
uskunalar holatini nazorat qiladi.
Avtomatik nazorat tizimlari ikki guruhga bo’linadi:
Dastgohning o’ziga o’rnatilgan nazorat tizimlari. Bular dastgohda detallarga ishlov berish jarayonida zarur o’lchash va nazorat ishlarini bajaradi.
Dastgohning tashqarida o’rnatilgan nazorat tizimlari. Bular nazorat-o’lchash ishlarini dastgohdan tashqarida, detallarga ishlov berish oldidan yoki ishlov berishdan keyin bajaradi.
Dastgohning o’ziga o’rnatilgan nazorat tizimlariga: zagotovkalar, ishlov beriladigan detallar va kesish jarayonini ko’rsatgichlarini faol nazorat qilish qurilmalari, asbobni holatini diagnoz qilish qurilmasi, dasturli boshqarishni to’g’rilab turish va boshqariladigan ko’rsatgichlarni o’zi sozlaydigan qurilmalar kiradi. Bu qurilmalar yetarli darajada universal, moslanuvchi va moslanuvchan dastgohlarni yangi detalga ishlov berishga o’tkazishda avtomatik qayta sozlana oladigan bo’lishi lozim.
Tashqarida o’rnatilgan nazorat tizimlari nazorat qilish pozitsiyalarida yoki o’lchash laboratoriyalarida o’rnatilgan o’lchash mashinalari va robotlari kiradi. Bu tizimlar qo’llanilganda dastgohlar tizimi murakkablashadi. Lekin ular tayyor detalning ko’rsatgichlarini juda aniq o’lchashga imkon beradi.
Barcha avtomatik nazorat tizimlariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi.
o’lchash va nazorat qilish vositalarini topshiriqda ko’rsatilgan detallar chegarasida avtomatik qayta sozlash imkoniyati bo’lishi kerak;
nazorat, shu jumladan axborotni o’zgartirish va uzatishni nazorat qilish to’liq va ishonchli bo’lishi lozim;
o’lchash va nazorat vositalari juda puxta ishlashi kerak;
ularning dinamik tavsilotlari nazorat qilinadigan ob’ektlarning dinamik xossalariga mos kelishi lozim.
Bevosita dastgohning o’zida ishlov beriladigan detalning zarur o’lchamlarini ta’minlaydigan tizimlar avtomatik nazoratning eng muhim tizimlaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar ichida asbob moslamasi (opravka) ga o’rnatilgan mahsus o’lchash qurilmalaridan tuzilgan avtomatik o’lchash va kompensatsiya qilish tizimlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Bunday tizimga qarashli qurilmaning namunaviy konstruktsiyasi 11.1-rasmda ko’rsatilgan. Qurilma urinma o’lchash datchigi-1, datchikning korpusida radial va o’q yo’nalishida siljiydigan shchup-2, signalli uzatish qurilmasi-3 va quyruqli opravka-4 dan iborat. Datchik ichida tok bilan ta’minlash manbai (kumush oksidli element) va nurli signallar beradigan infraqizil generator joylashgan.
11.1-rasm. O’lchash qurilmasi: 1 – o’lchash-urinish datchigi, 2 – shchup, 3 – signal uzatish qurilmasi, 4 – moslama (opravka)
Maskur qurilma frezalash-parmalash-teshik yo’nish dastgohlarida asboblar magazinining katakchalarining birida joylashgan bo’lib, unda birorta texnologik o’tishning to’g’ri bajarilganini, masalan, yo’nish sifatini tekshirish zarur bo’lganda foydalaniladi. Qurilma bu maqsadda dastgohning Shpindeliga asbobni almashtiruvchi vatomatik qurilma bilan dastur bo’yicha o’rnatiladi. Bu qurilma RDB tokarlik dastgohlarida asboblar revolver kallagidagi katakchalarining birida joylashadi.
Frezalash-parmalash-teshik yo’nish va tokarlik guruhlaridagi dastgohlarda o’lchash va signalli RDB tizimiga uzatish sxemalari 11.2 va 11.3-rasmlarda keltirilgan. Urinma datchik 2 ning shchupi (11.2-rasm) dastur bo’yicha avval asbobni sozlash datchigi 7 ga urinadi, signal bu datchikdan interfeys orqali RDB tizimiga keladi. Keyinchalik shchup yo’niladigan teshikning qarama-qarshi tomonlariga dastur bo’yicha urinadi. Urinish paytida signallar datchikdan uzatgich (peredatchik) 9 orqali optik qabul qilgich 6 ga (shpindelning yon tomonida joylashgan) jo’natiladi, bundan esa intarfeys orqali RDB tizimiga keladi. Natijada RDB tizimi detaldagi yo’nilgan teshikning shchup ikki marta uringan paytlari o’rtasida qanchaga siljiganini aniqlaydi. Teshikning siljishini teskari bog’lanish datchigi mos bajaruvchi organning holati bo’yicha o’lchaydi.
11.2-rasm. Frezalash-parmalash-teshik yo’nish guruhidagi ko’p operatsiyali dastgohlarda signalni o’lchash va RDB tizimiga uzatish sxemasi: 1 – shpindel, 2 – urinish datchigi, 3 – adapter, 4 – quyruq, 5 – signal uzatish qurilmasi, 6 – optik qabul qilgich, 7 – asbobni sozlash datchigi, 8 – ishlov beriladigan detal, 9 – optik uzatgich (peredatchik)
11.3-rasm. Tokarlik dastgohlarida signalni o’lchash va RDB tizimiga uzatish sxemasi: 1 – asbob o’rnatiladigan revolver kallak, 2 – urinish datchigi, 3 – uzaytirgich, 4 – signal uzatish qurilmasi, 5 – optik qabul qilgich, 6 – asbobni sozlash datchigi, 7 – ishlov beriladigan detal, 8 – optik uzatgich
Qayd etish zarurki, o’lchangan siljish qiymati shpindelning qurilma bilan birga 180º ga burilishidan oldin va keyin o’lchab aniqlangan siljishlarning o’rtacha arifmetik qiymatiga teng olinadi. Bu holda shchup markazining teshik o’qiga mos kelmasligi o’lchash natijalariga ta’sir etmaydi.
Teshikning haqiqiy diametri ko’rsatilgan siljish va shchup diametrining yig’indisi kabi aniqlanadi. Olingan qiymat ishlov berish dasturida ko’rsatilgan qiymatga taqqoslanadi va taqqoslash natijalariga qarab ishlov berishni davom ettirish yoki teshikni qayta ynib kengaytirish yoki detalning yaroqsizligi to’g’risida signal beriladi.
“RENISHOU” firmasining signali 360º ga optik uzatish tizimi 11.4-rasmda ko’rsatilgan.
11.4-rasm. “RENISHOU” firmasining signalini 360º ga uzatadigan optik uzatish sxemasi
Shunday qilib, ko’rib chiqilgan avtomatik o’lchash va kompensatsiya qilish tizimida ko’p operatsiyali dastgoh o’lchash mashinasining vazifasini bajaradi. Shuning uchun o’lchash aniqligi dastgohdagi bajaruvchi organlarning koordinatalar bo’ylab siljish aniqligiga bog’liq. Ish ma’lumotlarga ko’ra teshiklarning diametrini ikki nuqta bo’yicha o’lchash aniqligi ±(8mkm+0,03mkm/mm) ni tashkil etadi.
RDB tokarlik dastgohlarida foydalaniladigan bunday tizimlar ham shu tarzda ishlaydi.
Tashqarida nazorat qilish tizimi – moslanuvchan ishlab chiqarish modellari (MIM) yoki moslanuvchan avtomatik liniyalar (MAL) konveyeriga o’rnatiladigan o’lchash mashinalari ishlov berilgan yuzalarning geometrik ko’rsatgichlarini (diametri, o’qlar o’rtasidagi oraliq va h.k.ni) yanada aniqroq o’lchaydi. 14.5-rasmda DEA firmasining (Italiya) Bravo modelli o’lchash mashinasi ko’rsatilgan. Bu mashina tarkibida dasturlanadigan ikkita robot 1 bor bo’lib, bular detallarning ishlov beriladigan yuzalarni X, Y, va Z koordinatalar bo’ylab shchuplar 2 yordamida katta tezlikda o’lchaydi. Robotning koordinatalar bo’ylab siljish yo’li mos holda 5080, 1200 va 1500 mm ni tashkil etadi. O’lchash aniqligi ± (5+8L/1000) mkm chegarada bo’ladi, bu yerda L – o’lchash uzunligi, mm.
Avtomatlashtirilgan dastgohlarda, ayniqsa moslanuvchan uskunalarda ishlov berish aniqligi va sifati kesish asbobining holatiga ancha bog’liq. Masalan, asbob yeyilgan hollarda ishlov beriladigan yuzalarning o’lchamlari joiz chegaralaridan tashqariga chiqadi, asbob uvalangan bo’lsa, dastgohga ortiqcha kuch ta’sir etib, uning mos qismlari sinishi ham mumkin. Shuning uchun asbobning holatini avtomatlashtirilgan usulda nazorat qilish zarur.
|
| |