Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

2. Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari 
Maktabda bolalarni axloqli tarbiyalash, dars jarayoni, sinf va maktabdan 
tashqari turli tuman ishlarda olib boriladi. 
O'quvchilarga bilim, (tasavvurlar, xissiy, obrazli bilimlar, axborot, og'zaki 
ma'lumot, tushuncha, umumlashgan bilim) malaka va odatlarini beriladi. 
Bolalarga odob va odobsizlik haqida tushuncha beriladi. Ular axloqiy 
tushunchalarni badiiy va ilmiy adabiyotdan, hayotdan, kinofil'm va 
spektakllardan oladi. O'quvchilarni o'z xulqini axloqiy jihatdan baholashni 
birinchi sifatdan boshlab o'rgatib borish kerak, ularni mehnatni sevish, mulkni 
ehtiyot qilish, xurmat, rostgo'ylik, sofdillik, vijdon, kamtarlik ma'nolarini 
tushinib olsin. Buning uchun ―mardlik va qo'rqoqlik, mardlik va oliftalik, 
kollektiv nima, baxtni qanday tushinasiz, insonni go'zalligi nimada‖ yuqori sinf 
o'quvchilari bilan ―ma'naviy еtuk kishi, insonning qadr-qimmati, axloq va shaxs 
erkinligi‖ mavzularida suhbat o'tkazish ma'qul. 
O'quvchilarning onglilik darajasini, o'stirish o'zini-o'zi baholasin, o'qishda 
mehnatda, hayotda muvofaqqiyatga erishish o'ziga bog'likligini tushintirilsin.
Xaftaning oxirida ―O'tgan xaftadan qanoatlanamanmi?‖, ―O'zimni jazolashim 
kerakkmi yoki mukofatlashim?‖ degan savolga javob yozishni tavsiya qilish 
kerak. U tarbiyaviy soatda yoki individual suhbatda tahlil еtiladi.
O'quvchilarni axloq ruhida tarbiyalash ularda erkin fikrlilik xislatlarini tarkib 
toptiradi.
Ular maqsadga intiluvchanlik, o'qish va ishda matonatlilik, qat'iyat 
tashabbuskorlik, uyushkoklik, kiyinchilikdan qo'rqmaslik. 


Maktab axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlar qo'llaniladi. 
Jumladan: 
Birinchidan, maktabdagi o'qish jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak, 
buyuk nemis pedogogi A.V. Disterveg ko'rsatganidek, yaxshi o'qitish bilangina 
o'qituvchi o'quvchini yaxshi tarbiyalaydi ham. Ba'zan axloqiy ta'sir vositalari 
kam ko'rsatiladi, huquq uchun bahoni pasaytiradilar. Odobsizlik qilishadi.
Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvoffaqqiyatli o'quvchilari va 
o'qituvchilar jamoaning saviyasiga bog'liq. Jamoa axloqli bo'lsa, ahl bo'lsa, 
bolalar intizomli bo'ladi.
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo'lishi va hamjihatlik bilan amalga 
oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvoffaqqiyatini ta'minlaydi. A.S. Makkarenko
10 ta yuqori malakali, o'z xolicha ishlaydigan o'qituvchidan malakasi past bir 
yoqadan bosh chiqaradigan beshta o'qituvchi afzal, - deydi.
To'rtinchidan, maktabda ijobiy, emosional sharoit yaratish axloqiy tarbiya 
jarayoniga foydali ta'sir etadi.
Beshinchidan, barcha o'quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, xayot 
rejimiga rioya qilishga erishish.
Axloqiy tarbiyada ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda suhbat, 
munozara, leksiya kabi metodlardan, axloqiy odatni shakllantirshda esa mashq, 
bolalarni turli faoliyatini yuritish metodlaridan foydalaniladi.
Axloqiy tarbiyada uning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega. 
Tadbirlar soni emas, sifat belgilaydi. Baho ham to'la emas.
Tarbiyalanganlikni o'lchovi ijtimoiy aktivlik, talablariga ijobiy munosabat, o'z 
huquqini baholay olish, axloqiy odatlar va fazilatlar deyiladi. Bular o'lchov 
bo'la olmaydi. Aslida ijtimoiy aktivligi, muomala va aloqalari, manaviy 
yo'nalishi, haqida, barqaror axloqiy sifatlarning mavjudligi – o'lchov bo'la oladi. 
Maktab xayotida ijtimoiy-siyosiy atestasiyasi axloqiy tarbiyalanganlikning 
aniqlash va baholashning bir shaklidir. Shaxsni to'la o'rganish – 
tarbiyalanganlilikni aniqlab beradi. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Maktabda axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish