Estetik tarbiyaning mohiyati




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

3. Estetik tarbiyaning mohiyati. 
Har bir oila o‘z bolalarining tarbiyali, 
nafosatli, aqlli, baquvvat va mard bo‘lishini istaydi. Tarbiya san‘atining 
shunday hususiyati borki, ko‘p kishilar uni o‘zlariga tanish va tushunarli bir ish 
deb ba‘zi birovlar xatto еngil ish deb hisoblaydilar. Estetik tarbiya ana shunday 
osonroq ishga o‘xshaydi. Aslida, estetik ruhda tarbiyalash, insonning butun 
qiyofasiga – uning xis – tuyg‘ulariga, irodasiga samarali ta‘sir qiladi. Ilmiy 
dunyoqarashni ma‘naviy qiyofasini shakllantiradi, xayotni bilib borish 
imkoniyatini tug‘diradi. Estetik ruhda tarbiyalash g‘oyat murakkab va ko‘p 
qirrali jarayon bo‘lib, nafosatni tushinibgina qolmay, balki uni barpo etishga 
qodir bo‘lgan barkamol avlodni kamolga etkazish maqsadni ham ko‘zda tutadi.
Bizning mamlakatimizda bolalarni estetik ruhda tarbiyalashga kerakli 
hamma shart-sharoitlar mavjuddir. Muzey va teatrlar, kutubxona va klublar, 
kinoteatr va galeriyalari, takrorlanmas o‘tmish obidalari, xullas butun xayot 
tarzimiz haqiqatan ham - barkamol avlodjni estetik ruhda tarbiyalash va kamol 
toptirishga yordam beradigan asosiy vositalardir.


O‘zbekistonda demokratik qoidalar asosida rivojlanayotgan xalq 
ta‘limi, o‘quvchilarga badiiy ta‘lim va estetik tarbiya berishni, go‘zallikni xis 
qilishni tarbiyalash, yuksak estetik did, san‘at asarlari, tarix, me‘morchilik 
yodgorliklari, jonajon tabiat va boyligini tushunish hamda qadrlay bilishga 
o‘rgatishni nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda yosh avlodni vatanimiz va 
jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik 
tarbiyalashni amalga oshirishi zarur. 
Estetik zavqlanish kishida mehnat ilhomini yanada jo‘sh urdiradi, insonni 
ulug‘laydi va uning turmush sharoitini bezaydi. Umuman estetik 
tarbiya yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalariga 
qaratilgan bo‘lishi lozim. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish