• Tayanch so‘z va iboralar: ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik ta‘lim, tabiiy boylik, atrof-muhit, iqlim, ekologik muvozanat, ekologik madaniyat. 1.
  • -mavzu: Ekologik va jismoniy tarbiya




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

     


    18-mavzu: Ekologik va jismoniy tarbiya.
     
    REJA: 
    1. Ekologik tarbiyaning mazmun va mohiyati.
    2. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi. 
    3. Jismoniy madaniyat tarbiyaning tarkibiy qismidir. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    ekologiya, ekologik tarbiya, ekologik ta‘lim, tabiiy 
    boylik, atrof-muhit, iqlim, ekologik muvozanat, ekologik madaniyat.
    1. 
    "Ekologiya" - yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va 
    tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga 
    keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir.
    O'zbekiston Respublukasi Konstitusiyasining 18-moddasida еr va еr osti 
    boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash, bu 
    boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy 
    boyliklarni uzluksiz ko'paytirib borishni ta'minlash, insonning atrof-muhitni 
    yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko'rishi zarurligi ta'kidlangan. 
    O'zbekiston Respubilikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni 
    muhofaza qilish to'g'risida»gi qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis 
    etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim tarbiya konsepsiyasi»ning 
    ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik 
    muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir.
    Ayniqsa, umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi sinflarning 
    tashkil etilishi, bu asosda lisey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab 
    partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini 
    ko'rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo'ygan har bir yosh, qanday 
    ixtisos egasi bo'lishidan qat'i nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid 
    nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishi kerak. 
    Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning 
    tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'lar ekan. Aholi sonining tez 
    o'sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko'payib bormoqda. Ayniqsa, 
    еr, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muamolar butun dunyo 
    (global) muammolariga aylanib bormoqda. Yer bag'ridan har yili 120 mlrd. 
    tonnadan ortiq turli xildagi xom ashyo, qurilish materiallari, yoqilg'ining qazib 
    olinishi va sarf qilinishi tabiiy boyliklar miqdorining kamayib borishiga sabab 
    bo'lmoqda. Ko'pgina zararli korxonalar, zavodlarning ham oqar suvga yaqin 
    joylashganigi sababli suv havzalarini toza saqlash muammo bo'lib borayotir. 
    Markaziy Osiyoda yashayotgan fuqarolarning salomatligi yomonlashib, 
    kasalliklar ko'paymoqda. Yer kurrasida insonning yashab qolish-qolmasligi 
    masalasi endi ekologik muammolarni еchishga bog'liq bo'lib qoldi.

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish