|
Suv manbalarini kompleks ishlatishda kgesning sutkalik ish rejimlari. Ges bosimli hovuzlari va sutkali boshqarish hovuzlari
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #138710 |
Bog'liq M2
M2. Suv manbalarini kompleks ishlatishda KGESning
sutkalik ish rejimlari.
GES bosimli hovuzlari va sutkali boshqarish hovuzlari.
Bosimli hovuz - bu stansiya bo'g’ini tarkibiga kiruvchi bosimsiz derivatsiyaning so'ngi inshootidir. Bosimli hovuz suvni turbina suv eltgichiga yetkazish va turbinani aylanib utib suvni derivatsiyadan pastki b'efga tashlash uchun hizmat qiladi, 5.8- rasm. Bosimli hovuz avankamerasi hovuzni kengaygan va chuqurlashgan qismi bo'lib derivatsion suv elitgichni qabul kamerasi bilan tutashtirish, yuzani bir tekis oshirib borib oqimni kinetik energiyasini potensial energiyaga tiklash uchun hizmat qiladi.
Bundan tashqari avankamera cho'kindi va muz parchalari uchun qo'shimcha tindirgich bo'lib hizmat qilishi mumkin.
Har bir bosimli hovuz uchun majburiy asosiy jihozlar, qabul qiluvchi kameralarda joylashtiriladi (5.8- rasm, 2) ular quyidagilardir:
-turbinali suv elitgichlarni yopish uchun hizmat qiladigan doimiy tez harakatlanuvchi zatvorlar. Zatvorlar ko'taruvchi mehanizmlar bilan ta'minlangan bo'lib, mahalliy yoki masofaviy boshqaruvga ega;
-ta'mirlash zatvorlari (shandorlar) asosiy zatvorlarni ta'mirlash vaqtida hizmat qiladi. Shandorlarni tushirish va ko'tarish asosiy zatvorlar yopiq bo'lganda (ko'tarish kuchi kichik) amalga oshiriladi;
-chiqindi tutgich panjaralar suvda oqib kelgan chiqindilarni ushlab qoladi, 900 burchakda yoki 700 , 800 egilgan holda joylashtiriladi. Vertikal panjaralarni tozalash uchun haskash qo'llaniladi. Tozalash ishlari mehanik, qo'lda va avtomatlashtirilgan holda olib boriladi;
-havo keltiruvchi qurilma, turbinali quvurga havo kiritish uchun hizmat qiladi. Bunda zatvor tez yopilganda quvurdagi vakuum buziladi. U quvur suv bilan to'ldirilayotganda, quvurdagi havoni chiqarish uchun ham hizmat qiladi. Salt ya'ni bekorchi suv tashlash (5.8- rasm, 3) o'zi boshqarilmaydigan derivatsiyada bosimli hovuzdan suvni, undagi suv sathi maksimal chegaralangandan oshib ketgan holda avtomatik tashlash uchun hizmat qiladi. Suv tashlagich bosh qism, suv tashlagich, sifon yoki avtomatik zatvorlardan iborat. Suv tashlagichni ketuvchi qismi tez oqar suv tushirgich yoki quvur ko'rinishida bo'lishi mumkin. Yah va muz parchalari (4) tashlagichlari derivatsiyadan keluvchi yah va muz parchalarini chiqarib yuborish uchun o'rnatiladi. Muz parchalari tashlagichi avankamera devoridagi tirqish yoki avankamera ko'ndalangi bo'yicha o'rnatiladigan mahsus nov ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Yuvish qurilmalari (5) avankamerada yig’ilib qolgan cho'kindilarni chiqarib tashlash uchun hizmat qiladi. Ular avankamera pastki qismi tubida o'rnatilgan tirqishlar ko'rinishida bo'ladi. Bundan tashqari bosimli hovuz bosimsiz derivatsiyani bosimli bilan tutashtiruvchi hamda suv taksimlovchi turda bo'ladi. Bosimli hovuz komponovkasi va uni tarkibi, bosimli hovuzni vazifasiga, topografiyaga, geologiyaga, derivatsiya turiga va boshqalarga bog’liq bo'ladi. Bosimli hovuzni ish sharoiti ochiq derivatsiyada bir muncha murakkab bo'ladi (ifloslanish, cho'kindilar, muz parchalari ularni chiqarish uchun mahsus qurilmalar zaruriyati). Bosimsiz tunellar bunday kamchilikka ega emas, faqatgina suv tashlagich yoki suv taqsimlovchi qurilmalarni o'rnatish lozim bo'ladi. Agar GES o'zgaruvchan rejimda, yuklama grafigining cho'qqisida ishlasa, derivatsiya ohirida bosimli hovuz bilan bog’langan sutkali boshqariluvchi hovuz o'rnatiladi. Sutkali boshqarish hovuzi bu unda sutkali boshqarish uchun zarur bo'lgan suv hajmini yig’ib beruvchi derivatsiya yo'nalish chizig’ida joylashgan inshoot. Boshqariluvchi suv hajmi hisoblab topiladi. Sutkali boshqarish hovuzini boshqaruvchi zatvor bilan yopiladigan qisqa kanal bilan tutashtirib bosimli hovuz yonida joylashtirish maqsadga muvofiq. Derivatsiya ohirida joylashgan sutkali boshqarish hovuzlarini qo'yidagi shemalari bor (5.9- rasm): a - sutkali boshqarish hovuzni avankamera bilan qo'shilgan sxemasi, bu eng oddiy sxema, lekin boshqarish har doim ham amalga oshavermaydi. Mualliq oqiziqlar miqdori ko'p bo'lganda, sutkali boshqariladigan hovuzni loyqa bosadi; b - sutkali boshqariladigan hovuz avankameradan va u bilan birlashgan suv chiqarish inshootidan qandaydir masofada; c - avankamera (sutkali boshqariladigan hovuz) aylanma kanal bilan. sutkali boshqariladigan hovuzni avankameradan ajratuvchi inshoot, uni yuvishda, ta'mirlash davrida va ko'ruvda to'htatib turishga imkon yaratishi zarur.
Sutkali boshqariladigan hovuz derivatsion kanalda, kanalni o'zida, kanaldan tashqarida va aylanma kanalda joylashishi mumkin.
Bosimsiz derivatsiya yo'nalish trassasida jarliklar, ko'llar uchrasa ulardan sutkali boshqariladigan hovuzni hosil qilish uchun foydalansa bo'ladi. Bunda derivatsiyani yuqori qismi o'zi boshqarilmaydigan kanal, pastki qismi esa o'zi boshqariladigan kanal ko'rinishida bo'lishi mumkin, ya'ni erivatsiya tarkibidagi sutkali boshqariladigan hovuz holatiga topografiya, geologiya va gidrogeologiya ta'sir qiladi. Sutkali boshqariladigan hovuzni joylashtirishni yakuniy varianti tehnik iqtisodiy hisoblardan topiladi. Bosimli hovuzni qo'yidagi harakterli rejaviy komponovkalari mavjud (5.9- rasm.):
Gidravlik nuqtai nazarda eng qulay frontal keltirish hisoblanadi chunki bu holda tezliklarni yo'nalishi bir hil bo'ladi. Yon tomondan keltirishda suv oqimi keskin buriladi. Ikkilamchi oqim va erkin yuzali ko'ndalang nishablik paydo bo'ladi. Bu hodisalarni avankamera o'lchamlarini kattalashtirish orqali kamaytirsa bo'ladi, ammo bu holat kapital harajatlarni ko'payishiga olib keladi.
Suvni qiya keltirish birmuncha yahshiroq hisoblanadi.
Ammo suvni qiya va yon tomondan keltirishda qo'yidagi kamchiliklar ko'zga tashlanadi: chukindilarni hosil bo'lishi, panjaralarni notekis to'lib qolishi va boshqalar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Suv manbalarini kompleks ishlatishda kgesning sutkalik ish rejimlari. Ges bosimli hovuzlari va sutkali boshqarish hovuzlari
|