• Tuproq ostidan sug’orish usulida
  • TomChilab sug’orish usulida
  • 11-mavzu: Melioratsiya va sug’orish ishlarida qo’llaniladigan mashinalar




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana31.05.2022
    Hajmi1.4 Mb.
    #22541
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    11-maruza
    20220323T1116 - Maxramov Nodirbek - Buxgalteriya YAKUNIY test savollari, Z208501140949 single 429207, Kechki-2022, Машруҳхон
    Yomg’irlatib sug’orish usulida suv maxsus apparatlar yordamida 
    sug’oriladigan maydon ustidan mayda yomg’ir tomChilari tarzida sepiladi. Bunda 
    na faqat tuproq va yer betidagi havo qatlami emas, balki o’simliklarning yer ustki 
    qismlari ham namlanadi, bu esa ularning o’sishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bu 
    usulning afzalligi suvni tejab-tergab ishlatilishi hisoblanadi. Ammo sug’orish 
    sistemalari va mashinalariga energiya, material hamda metall ko’p sarflanashi, 
    ularni texnik va texnologik xizmat ko’rsatish hamda ta’mirlashga yaxshi 
    moslashtirilmaganligi kabi kamChiliklarga ega. 
    Tuproq ostidan sug’orish usulida suv yerga yotqizilgan trubalarda keltiriladi. 
    Bunda tuproq o’zining so’rish kuchi hisobiga namiqadi. Bu usulni kapillyar 


    xususiyatlari yaxshi bo’lgan va haydalma qatlam osti suvni yomon o’tkazadigan 
    kuchli tuproqlarda qo’llash mumkin. Shu bilan birga bu usulda sug’orish uchun dala 
    yaxshilab tekislangan bo’lishi kerak. 
    TomChilab sug’orish usulida tuproq o’simliklarning ildiz tizimi maksimal 
    rivojlangan qatlamda namiqadi. Suv yer betiga yotqizilgan va tuproqqa ko’milgan 
    plastmassa trubalar tarmog’i bo’ylab tomChilatgiChlar yordamida tuproqning 
    o’simlik ildizlari taralgan qatlamiga 0,07...0,28 MPa bosim ostida kam me’yorlarda 
    o’g’it bilan beriladi. Natijada suv tuproqqa juda sekin, bevosita ildizlar yaqinidan 
    kirib boradi. 
    TaqsimlovChi nayChalar orasi ekin ekish usuliga (paxtaChilikda 60 yoki 90 
    sm, bog’dorChilikda daraxtlar qator oralig’iga), nayChalardagi tomChilatgiChlar
    oralig’i (paxtaChilikda 0,5 m) belgilangan agrotexnika talablariga bog’liq holda 
    olinadi. Kerakli vaqt davomida uzluksiz tomChilab turgan suv, tuproqning 1 m 
    Chuqurligida va diametri 1,0...2,5 m bo’lgan qismida optimal namlikni saqlab 
    turadi. Bevosita ekin ildizi tarqalmagan yerdagi tuproq quruq qolaveradi. Shu 
    sababli tomChilab sug’orishda suv sarfi 2...4 marotaba kamayishi mumkin. 
    Tuproq 
    ostidan 
    va 
    tomChilatib 
    sug’orish usullarining afzalliklari 
    quyidagilardan iborat: sug’orishda mehnat sarfi kamayadi, tuproq strukturasi 
    saqlanib qoladi, sug’orish me’yori kichik bo’ladi, o’g’it bevosita ildiz sistemasiga 
    beriladi, sug’orish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan bo’lib,
    dalalarni tekislash talab qilinmaydi 
    Bu usullarning asosiy kamChiliklariga kapital mablag’larning ko’p sarflanishi 
    va nay hamda tomChilatgiChlarning loyqa bosishi kiradi. 

    Download 1.4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu: Melioratsiya va sug’orish ishlarida qo’llaniladigan mashinalar

    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish