|
Linux operatsion (amaliy) tizimi
|
bet | 2/5 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 458 Kb. | | #102864 |
Bog'liq 11-mavzu Linux operatsion (amaliy) tizimi
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
U NIX operatsion (amaliy) tizimi
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;
ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlari ning keng yig‘masi;
bir vaqtningo‘zida turli xildagifayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
yuz berayotganishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;
RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
har xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX super kompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchimuhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘p masalali, ko‘p foydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
|
| |