|
11-Mavzu: Operatsion tizimlar. Reja: Tizimli dasturiy ta`minot
|
bet | 1/5 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 458 Kb. | | #102864 |
Bog'liq 11-mavzu
11-Mavzu: Operatsion tizimlar.
Reja:
Tizimli dasturiy ta`minot
OS turlari
Operatsion sistema funksiyalari
OS xususiyatlari
Tizimli dasturiy ta`minot (SDT) Quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta`minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta`minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta`minot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta`minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta`minot kompyuter bilan birgaliqaa Yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta`minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Operatsion tizim turlari
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlash- tiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin.
O peratsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish,
erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Operatsion tizim bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idanerkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.Keling ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak: MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir.
M S-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
|
| |