|
11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar
|
bet | 2/10 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 33,88 Kb. | | #140164 |
Bog'liq 11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegi-fayllar.orgPrujina bosimi maydalanadigan material qattiqligidan bog‘liqlikda tanlanishi lozim. Sharga bosim kattaligini quyidagiga teng deb qabul qilish tavsiya etiladi:
Rsh = 6000 – 1500 ktuy. , (4)
bu yerda: ktuy. – tuyilishga ega koeffitsient.
Talkni (oq yoki ko‘kish rangli mineral) tuyilishida, uning tuyilishga ega koeffitsienti o‘rtacha 1,53 ga teng, shunda sharga bosimi quyidagiga teng bo‘ladi:
Rsh = 6000 – 1500 · 1,53 = 3700 n .
Aniqki, yumshoq jinslarni kukunlashda sharga bosimi, qattiq jinslarga nisbatan kichik bo‘lishi kerak.
Tegirmondagi prujinaning cho‘zilish soni 3–4 ga (tegirmonning o‘lchamlaridan bog‘liqlikda) teng, ya’ni har bir sharga yuk xalqa va sharlarni tez ishqalanib yeyilishiga ortiqcha bosim olib kelishi hisobi bilan amalga oshirilishi zarur, tuyiladigan xalqa bo‘yicha yetishmaydigani esa siyraklashib shakllangan sharlar sezdirmay kirib olishi, sharlarni va xalqani qizishi oqibatida ularni tezda ishdan chiqaradi.
Xalqaning aylanish tezligi markazdan qochma kuch inersiyasi ta’siri ostida uloqtirilgan maydalangan zarralar, uning haddan tashqari kattaligida joyga ega bo‘ladi.
Markazdan qochma kuch inersiyasi tuyiladigan xalqada joylashgan zarralarning harakat qarshiligi kuchidan kichik bo‘lishi zarur. Qarshilik kuchlari – bular zarralarning og‘irlik kuchlari va xalqaning yuzasi shakllari hisobidan paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchlaridir.
Zarralar qachonki quyidagi lahza boshlanishi bilan radial (radius bo‘ylab) yo‘nalish harakatiga kelsa
mυ2 / Re = mgfs , (5)
bu yerda: Re – zarralar harakati boshlanadigan eng kichik radius, m;
m– zarralar massasi, kg;
υ– xalqaning aylanma tezligi, m/sek;
fs – ishqalanish koeffitsientiga teng miqdordagi (ekvivalent) ba’zi bir kattalik.
υ= 2πRn formula bo‘yicha quyidagini topamiz:
(2π Re n)2 / Re = gfs , (6)
4 π2 Re n2 = gfs ,
n = 1/2 √ fs / Re ayl/sek . (7)
Taxminan Rx = 2Re teng deb qabul qilamiz, bu yerda: Rx – xalqa radiusi, unda quyidagini olamiz:
n = 0,5 √2 fs / Rx ayl/sek . (8)
fs kattalik quyidagi holatda teng deb qabul qilinadi:
a) tekis likopda xalqaning yon devori mavjudligida va fs=0,4 metall bilan materialning yuqori tishlashishida;
b) xalqa egilganligida, bunda fs=3 materialning radius bo‘ylab harakat qarshiligi keskin o‘sib boradi.
Tuyadigan xalqaning egilgan novida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
n = 1,22 / √Rx = 1,72 / √ Db , (9)
υx = π Db n = 5,32√ Db m/sek . (10)
Tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligi Q quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Q = 1 / ka · 3600 γhajShυmz kg/s , (11)
bu yerda: ka – tuyishda materialning karralilik aylanishi; materialning
mustahkamligidan ka bog‘liqlikda 10 dan 15 gacha chegarada tebranadi;
γhaj– materialning hajmiy massasi, kg/m3;
S – sharning qamrash yoyi; egilgan xalqada S kattalik odatda (0,78÷0,87) dsh teng deb qabul qilinadi;
h – sharlar ostida keladigan material qatlamining balandligi, taxminan bu kattalik 0,005 dan 0,006 gacha chegarada tebranadi;
υm – shar ostida materialning bostirib keluvchi tezligi; xalqaning yarim tezligiga teng deb qabul qilinadi, υm =0,5 υx m/sek (Db tegirmon o‘lchamidan bog‘liqlikda 0,5 – 2 m chegarada tebranadi);
Z– sharlar soni.
|
| |