|
11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegirmonlar
|
bet | 5/10 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 33,88 Kb. | | #140164 |
Bog'liq 11-mavzu. O‘rta yuradigan va tez yuradigan markazdan qochma tegi-fayllar.orgValiklar aylanishlari soni
Valikning aylanma tezligi nv likopning tezligidan nl (sirg‘anishi hisobidan) sezilarsiz farqlanishini faraz qilsak va e’tiborsizlik bilan qarasak, unda quyidagini yozishimiz mumkin:
nv=Dl/Dv nl. (6)
υ1=πD1 nl e’tiborga olib, (5) formulani qo‘llagan holda quyidagini topamiz:
υ1=πD1·0,45/√D1=1,41√D1 m/sek. (7)
7.formulani e’tiborga olib, aylana cheti bo‘yicha likopning tezligi
υl quyidagiga teng bo‘ladi:
υl= υ1·Dl/D1=1,41√D1 ·Dl/D1 ,
υl =1,41Dl/√D1 (8)
υl kattalikni 1/3 m/sek ga teng deb qabul qilishni tavsiya etamiz.
Shunda (8) formulaga muvofiq √D1=0,47 Dl olamiz.
Shunday qilib, nl=0,45/0,47 Dl=0,96/Dl ayl/sek. (9)
Valikning eni quyidagiga teng bo‘ladi:
B=Dl – D1/2 m. (10)
Tegirmonning ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz:
Q=1/ka 3600υvLvh γayl zkg/s, (11)
bu yerda: ka – aylanish karraligi; 10-15 chegarada qabul qilish tavsiya etiladi; υv – valikning aylanma tezligi, likopning aylanish tezligi
υl=3 m/sek ga teng;
Lv – valik eni, 1/3 Dv ga teng deb qabul qilinadi, m;
h– valik ostidagi material qatlami qalinligi, m;
γayl – materialning hajmiy massasi,kg/m3;
z– valiklar soni.
Materialning qatlami balandligi h valik diametriga Dv mutanosib:
h=mDv , bu yerda m=0,03. (12)
Yirik agregatlar valiklarining diametri 0,6 dan 0,8 m gacha chegarada tebranadi:
h=0,03 (0,6÷0,8) m, (13)
h=0,018÷0,024 m. (14)
|
| |