11-mavzu: xurshid do‘stmuhammad qissalari tahlili reja: X. Do„stmuhammadning “Hijronim mingdir”




Download 359.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.01.2023
Hajmi359.24 Kb.
#38921
  1   2
Bog'liq
11-mavzu xurshid do‘stmuhammad qissalari tahlili reja X. Do„st
8-bob, Algebra 8-klass, malumotnona, baholar bayonnomasi, 9-sinf, Dustmuratov 1-qism1 (4), Metodbirlashma rejasi2022-2023, 2 sinf ona tili va o\'qish savodhonligi navbatda turishni bilasizmi (2), 8-iqtisod, Jononov domlaga dastur555555555555, Резюми Бобур ака янги, 9ameliy, 1-3 bsinf, 4.1 Бартел Шкаласи


11-MAVZU: XURSHID DO‘STMUHAMMAD QISSALARI TAHLILI 
Reja: 
1. X.Do„stmuhammadning “Hijronim mingdir” qissasi taxlili 
2. “Hijronim mingdir” qissasi boshdan-oyoq ichki monologga kurulishi 
3. Personajning hayot haqidagi eng muhim o„ylari 
4. X.Do„stmuhammad jahon nasrida tutgan urni 
Tayanch so‘z va iboralar: Qissachilik taraqqiyoti, ruhiyat talqini, ramziylik, 
adabiy mulohazalar 
 
X.Do„stmuhammadning “Hijronim mingdir” qissasi yanada original uslubga ega. 
Asar hayotda bir-birini sevib-ardoqlagan, ruhan yaqin yigit va qizning yozishma 
maktublari asosiga qurilgan. Adabiyotshunos olima M.Qo„chqorova “Maktublar – 
qalb ko„zgusi” maqolasida jahon badiiy nasridagi maktubning o„rni haqida 
shunday e‟tirof etadi: “Dunyoga mashhur nemis yozuvchisi I.V.Gyotening “Yosh 
Verterning iztiroblari” asari bejiz boshdan-oyoq maktub janri asosiga qurilmagan. 
Xuddi shuningdek, avstriyalik adib Stefan sveygning “Bir ayol maktubi” qissasi 
Frans Kafkaning “Otamga xat” essesi ma‟lum badiiy maqsad, badiiy shakl 
imkoniyatlariga ko„ra aynan maktub asosiga qurilgan. ...Shuning uchun ba‟zan 
yozuvchi epik asarlar kompozitsiyasini maktub asosiga qursa, ba‟zida esa asar 
tarkibida qahramonlarning bir-biriga yozishma maktublarini ilova qiladi”
1

Xuddi shuningdek, yozuvchi X.Do„stmuhammad jahon nasri shu kabi o„zbek 
adabiyotida ham ko„p bora sinovdan o„tgan maktub janridan foydalangan holda 
“Hijronim mingdir” qissasida insonlarni sevishga, pok ruhoniy tuyg„ularni asrab-
avaylashga bir yigit va qizning o„zaro yozishma xatlari shaklida asar bitadi. 
Qissadagi 
maktublar, 
undagi 
hissiy 
ifoda 
beixtiyor 
rus 
yozuvchisi 
M.F.Dostoevskiyning “Kambag„allar” romani uslubini yodga soladi. Ammo, adib 
mazkur asarda istifoda etgan maktublar zamirida nafaqat, ikki insonning bir-biriga 
dil izhori, balki Rossiyadagi ijtimoiy qashshoqlik, kambag„allik muammosini juda 
chiroyli shaklda kuchli tanqid ostiga olgan edi. Hadsiz-hisobsiz yetishmovchiliklar, 
uysizlik, nonsizlik, og„ir sharoitda yashayotgan insonlar o„zlarining eng nozik 
insoniy tuyg„ularini asrab qolishadi. Mutolaa jarayonida qahramonlarning bir-
birlariga mehribonlik qilishi, qayg„urishi, cheksiz-chegarasiz qashshoqlik 
girdobida yashayotgan insonda shunday nozik tuyg„ular sevgi tufayli unib-
o„sayotganligini kuzatib, ularga achinish tuyg„usi bilan bir qatorda ikki oshiqning 
bir-biriga ko„rsatayotgan mehribonligi, nazokati o„quvchi qalbiga ezgu nur olib 
kiradi. Bu motivlar dramatizmli yaxlit syujet liniyasiga ega voqealarda emas, 
1
Қўчқорова М. Мактублар – қалб кўзгуси. // Жаҳон адабиёти, 2009. 11-сон. – Б. 161. 


maktublarda aks etadi. Dostoevskiyning mazkur romanidagi uslub qaysidir 
ma‟noda X.Do„stmuhammadning “Hijronim mingdur” qissasida zuhur topgan. 
Qissadagi oshiq yigitning qizga, ayni paytda poklik va go„zallik timsoli deb 
ta‟riflanayotgan qizning yigitga yozgan maktublaridagi ehtirosli satrlar aslida
qahramon nutqiga xos ichki monologning bir shakli. Ko„rinib turibdiki, 
X.Do„stmuhammad “So„roq”, “Oromkursi”, “Kuza”, “Hay Gulish...” kabi 
qissalarida qo„llagan ichki monologning yana bir yangi shaklini istifoda etadi. 
“Hijronim mingdir” qissasi boshdan-oyoq ichki monolog asosiga qurilgan, ajib bir 
kompozitsiyaga ega asar. Unga maishiy voqealar, dramatik keskinlik, tragik pafos, 
turfa obrazlar tizimi, obrazlar va voqealarni ulovchi kompozitsion butunlik singari 
badiiy unsurlar yot. Unda yolg„iz ikki kishining maktubi, maktubda ifodalangan 
ehtirosli sevgi satrlari kompozitsion butunlikni tashkil etgan. Qissada ikkitagina 
qahramon, ismi, oilasi noma‟lum bo„lgan ikki inson bosh
qahramon. Ularni bosh qahramon deb atash ham noto„g„ri bo„lar. Chunki, asarda 
qahramonlar emas, ularning maktublarda bitgan fikrlari yetakchilik qiladi. Shu 
maktublar orqali har bir obrazning qiyofasini, ruhiy olamini anglab boramiz. 
Hayotning eng asosiy mohiyati insonning insonga, insonning 
hayotga muhabbatidir. Zero, bu qissaning muvaffaqiyati ham ana shu hayot 
haqiqatini qahramonlarning betakror dunyosi tahlili orqali ochib berilganida deb 
o„ylaymiz. Asar haqida adabiyotshunos U.Normatov shunday fikr bildirgan: 
“Xurshid Do„stmuhammad qissasidagi oshiq va ma‟shuqalar bir-biriga faqat ezgu 
tuyg„ularini izhor etadi, sevgi muloqotlari jarayonida ular xayoli, vujudi, boringki, 
butun hayoti bamisoli nurli, musaffo tuyg„ular qanotida sayr etadi; bu nafis, 
musaffo tuyg„ular ularni insoniy kamolot sari yetaklaydi. Ular oshiqona muloqotlar 
asnosida o„zgacha odamga aylanib borayotganligini, hayoti boshqacha ma‟no kasb 
etayotganini his etib turadilar”
2
. Ko„rinib turibdiki, olim asar haqida asosli fikr 
yuritgan. Darhaqiqat, qissada sevgi insonni tozartiruvchi, poklovchi buyuk kuch-
qudrat sifatida talqin etilgan. Ammo biz asarga xos yana bir xususiyatni 
ta‟kidlagimiz keladi. Bu qahramonlar nutqining o„ziga xosligiga diqqatimizni 
qaratsak. Ismi noma‟lum qahramonlar maktub yozishar ekan, ichki monologga 
asoslangan satrlar orqali adib monologning monolog-xayol shaklidan mahorat 
bilan foydalanadi: “Juda to„g„ri yozgansiz, jonim, boshqalar bizni to„g„ri 
tushunmasligini fojiaga aylantirishning hojati yo„q. ehtimol, hamma birdek 
tushunaveradigan tuyg„u bo„lganida, u Sizu Bizning ko„ngillarimiz mulkiga, 
qalblarimizni tutashtiruvchi ko„prikka aylanmas edimi?.. 
- Shunday emasmi?.. 
- “Men ham shunday o„ydaman”... 
2
Норматов У. Қиссадан ҳиссалар. // Умидбахш тамойиллар. – Тошкент: Маънавият, 2000. – Б. 49.


- Nima dedingiz, 
- “Hech nima”. 
- Ayta qoling!.. 
- “O„zi bitta edi”... 
- O„zi bitta bo„lgach, gapi ham bitta bo„ladi-da!..”
3
.
Rassom yigit xayolan ma‟shuqasi bilan suhbatlashadi, xayoliy muloqotda 
ma‟shuqa nomidan o„zi javob berar ekan, qizning javoblari juda qisqa, lo„nda va 
ular ko„chirma gap shaklida berilgan. Maktublarda oshiqlar bir-biriga xayoliy 
suhbatlarini, tushlarini, shaxsiy hayotlaridagi ba‟zi ruhiyat bilan bog„liq 
hikoyalarini so„zlab berishadi. Bu esa qahramonlarning ichki ruhiy olamini yanada 
yorqinroq tasavvur etishimizga yordam beradi. Qissada ayol ruhiyatini chuqur 
talqin etuvchi bir o„rin bor, uni nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bu 
ma‟shuqa maktubida tilga olingan amakisi va kelinoyisi haqidagi hikoya. 
Maktubda bu hikoya shunday yakunlanadi: “Kennoyim dam kulib, dam o„yga tolib 
a-ancha gapirdilar: 
- Qizlik kezlarim bir dunyo orzularim bor edi. Kelin bo„lib tushdimu, hayotim 
o„zgardi. Xayollarim, orzularim o„zgardi, hatto tovushim bo„g„ilib qolganga 
o„xshaydi... Hech kimga aytmaysiz-a?.. Meni bu yerda hech kim xafa qilib 
qo„ymaydi, oyijon, amakingiz yaxshi odam ekanlar. Faqat o„zim ko„nika 
olmayapman. Ich-ichimdan shunaqa ezilamanki!.. Ko„ngil qo„ya olmaslik... Sizchi, 
siz faqat sevib turmush quring, xo„p?... Men... berkinib yig„lasam, sal yengil 
tortaman... Kelin bo„lib tushgan oiladagilarni, shu yerdagi turmush tarzini sevib-
ardoqlab yashashim kerak, deb o„ylardim. Mehrim, e‟tiborim, ko„nglimdagi bor 
yaxshi niyatlarimni shu yerga baxshida qilaman, degan o„ydan bo„lak orzum yo„q 
edi. Eng muhimi - odamlarning ko„ngliga qarash, mehrli bo„lish kerak deb 
hisoblaganman, lekin... xayol, orzu-niyat boshqayu turmush, hayot boshqa ekan. 
Mehr-muhabbatdan ko„ra oyoq-qo„lning chaqqonligi, epchilligi, toliqmasligi 
zarurroq ekan, oila uchun...”
4
. Qissada ma‟shuqa qiz va kelinoyisi o„rtasida 
kechgan dialog suhbat matni orqali ayol kishining ruhiy dunyosi bilan 
yuzlashamiz. Er-xotinlik tashqaridan qaralganda, risoladagidek ko„rinishi mumkin, 
lekin ko„ngildagi pinhoniy his-tuyg„ular, orzu-niyatlar, mehr-muhabbat shu bir 
kichik dialogda aks etgan.
Ayolning oila oldidagi burch taqozosiga ko„ra eng go„zal orzularidan, hayoliy 
muhabbat haqidagi jozib his-tuyg„ulardan, o„z orzusidagi baxtdan voz kechishga 
majbur ekanligi uning iztirobga to„la ko„ngil izhori orqali ta‟sirchan yoritilgan. 
Aksari hollarda ayollar oila boshliqlari, turmush o„rtoqlari ra‟yiga ko„ra hayot 
3
Дўстмуҳаммад Х. Ҳижроним мингдир. // Ёшлик, 1996. 5-сон. – Б. 14. 
4
Фша асар. – Б. 18. 


kechiradilar. Oilaning tartib qoidalariga so„zsiz bosh egadilar. Ularning ko„ngil 
mayli, orzulari, his-tuyg„ulari bilan ko„pincha, hech kim qiziqmaydi. Ana shunday 
munosabat tufayli ayol dilidagini tiliga chiqara olmaydi. Milliy mentalitar 
xususiyat – ayolning o„z tuyg„ularini ochiq-oydin ifoda qilishi uyat, nomus 
hisoblangani sababli aksari hollarda ayollar erkaklar mayliga, ota-ona, aka-yu 
tog„alarning ular qismatini hal qilishlariga ilojsiz ko„nadi; ular tomonidan 
yaratilgan taqdirga bosh egadi. Ilojsizlik, achchiq qismatdan bir umr azobla 
to„lg„anib yashash, o„z istagicha emas, majburan birovning ayoli bo„lib yashashdek 
holatni kelinoyi “xayollarim, orzularim o„zgardi, hatto ovozim ham, bo„g„ilib 
qoldi”, deya ifoda qiladi. “Hatto ovozning o„zgarib qolganligi” esa qalb 
kechinmalari, his-tuyg„ulari, ixtiyori bo„g„ilgan ayol ruhiyatini anglatadi. U 
qaynsinglisini ham shunday qismat kutayotganligini ochiq-oydin ayta olmasa ham, 
o„z taqdiriga, o„ziga munosabat orqali qizga nisbatan achinish tuyg„ularini 
sezdirmoqda. Yozuvchi asarda ayol ruhiyatini shu tarzda bor murakkabligi bilan 
ta‟sirchan manzaralashtirishga erishgan.
X.Do„stmuhammad qissalarida o„rni-o„rni bilan tushlarga ham murojaat etiladi. 
Jumladan, “Hijronim mingdir” qissasida ma‟shuqa qizning quyidagi tushi beriladi: 
“Tushlarimdan birini hikoya qilaymi?.. 
Xonangizga chaqirtiribsiz. Shoshilib kirdim. Besh-olti notanish qiz xonangizni 
artib-surtishyapti, bezatishyapti. Shinamgina!.. 
Sizga ko„zim tushdi. Siz (aytaveraymi?) yap-yangi, cho„g„dek gilam ustida 
yonboshlab dam olayapsiz. (Shuncha qizning ko„z o„ngida nima qilib yotibsiz?!.) 
Tepangizga bordim, qara-ab turib qoldim. 
- Meni shu ahvolga soldingiz. Kelmay qo„ydingiz, mana turolmayapman, - 
dedingiz. 
Kayfiyatingiz esa chog„, kulimsirayapsiz. Oshiqib, qo„limni cho„zdim, kaftimdan 
mahkam siqimlagancha irg„ib qad rostladingiz. 
Qaddingiz sira bukilmasin”
5
. Mazkur tushda bir-birini nihoyatda ardoqlagan, 
qadrlagan oshiq-ma‟shuqning insoniy muhabbati aks etib turibdi. Ma‟shuqa 
sevgilisini qizlar davrasida, saranjom-sarishta xonada, yangi qip-qizil gilam ustida 
yonboshlab yotgan holda tushida ko„radi. Hatto tushlarida ham sevgilisiga faqat 
yaxshilik ravo ko„radi. Umuman, X.Do„stmuhammadning “Hijronim mingdir” 
qissasida tushlarga bir necha marotaba, qayta-qayta murojaat etiladi. Boisi oshiq va 
ma‟shuqaning ruhiyatidagi ichki kechinmalarni, tush orqali aks ettirishni yozuvchi 
badiiy niyat qilgan. Chunki tush insonning kundalik hayotida, atrofida sodir 
bo„layotgan voqea-hodisalarning uzuq-yuluq tasviridan iborat bo„ladi. Qizig„i 
shundaki, yozuvchining mazkur asarida tush bilan o„ng birlashib ketadi. 
5
Дўстмуҳаммад Х. Ҳижроним мингдир. // Ёшлик, 1996. 5-сон. – Б. 17. 


Qahramonlar bir-biriga dil izhorlarini bayon etishda ko„rgan tushlarini hikoya etib 
berar ekan, ularning tushlarida sodir bo„lgan ruhiy jarayonlar o„ngida ham davom 
etadi. Tushlar bilan o„ngdagi ruhiy tebranishlar o„rtasida chegara yo„qdek, go„yo. 
Ma‟shuqaning xatiga rassom yigitning javobini o„qiymiz: “Tushingizda xonamga 
kirib meni yotgan joyimdan turg„azibsiz. Uzr, tepamga siz kelibsizu, gina 
qilganimni qarang!.. 
Yana bir mo„jiza: ayni Siz tushingizda tepamga kelgan paytda men... uyimda 
yotgan joyimda uyg„onib ketdim!.. Zim-ziyo tun. Ko„chadagi simyog„och chirog„i 
quyuq daraxt shoxlari oralab yotoq xonamni ola-chalpoq yoritgan. Ko„zimni 
ochdimu, engashgancha menga tikilib turganingizni ko„rdim. Hushimni yig„ib 
ulgurmay, savol qotdim: 
– 
Urushganimga jahlingiz chiqdimi? 
O„yladim: “Qachon urushdim?.. Nega, qaysi gunohi uchun urushay uni?.. 
Diydoriga yetisholmay yurgan qizni urushish?..” Afsus, tush va hush aralash savol 
berib bo„ldim. Bosh chayqadingiz”
6
. Adib ijod jarayonidagi tuyg„ularni har qanday 
tuyg„ulardan ustun qo„yadi: “Badiiy ijod jarayonida tug„iladigan har qanday 
qiziqishu orzu-havaslardan qimmatroq va muhimroq. Chinakam ijod onlarida 
yozuvchining manfaatidan yuksakroq manfaat bo„lmaydi, uni hatto jamiyat 
manfaatlari ham qiziqtirmaydi (vaholangki, o„sha jarayon mahsuli bo„lmish asar 
pirovardida ayni shu jamiyat koriga yaraydi). Chunki jamiyat deganda odatda ayni 
shu kunning voqealari, jarayonlari nazarda tutiladi., yozuvchilik esa bunga qattiq 
bog„lanib qolmasligi kerak. Yozuvchilik bundan yuqori. Ijodkor uchta zamonda 
yashaydi. Jamiyat asosan bugun bilan tirik”
7
. Darhaqiqat, yozuvchi yaratilayotgan 
qahramon ichki his-tuyg„ularini o„zida zohir qilishga erishsagina uni o„quvchiga 
ishonarli va ta‟sirchan tarzda yetkaza oladi.
“Adabiyotshunoslik lug„ati”da ramzga shunday ta‟rif beriladi: “Simvol; ko„chim 
turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko„chma ma‟no kasb 
etuvchi so„z yoki so„z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz mohiyatan allegoriyaga 
yaqin, undan farqi shuki, ramz kontekst doirasida ham o„z ma‟nosida, ham 
ko„chma ma‟noda qo„llanadi. Ramzning ma‟nosi kontekst doirasida va shartdan 
xabardorlik bo„lganda reallashadi”
8
. Umuman, badiiy adabiyot ramzlar asosiga 
quriladi. Har bir badiiy asarda, albatta, ustqatlamli ma‟no va ichki qatlamli ma‟no 
mavjud bo„ladi.
6
Дўстмуҳаммад Х. Ҳижроним мингдир. // Ёшлик, 1996. 5-сон. – Б. 19. 
7
Дўстмуҳаммад Х. ХХ аср менинг тақдиримда. // Жаҳон адабиёти, 2001.1-сон. – Б. 21. 
8
Қуронов Д., Мамажонов. З., ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2010. – Б. 244.


Iste‟dodli yozuvchi X.Do„stmuhammad “Hijronim mingdur” qissasida peyzaj 
tasviridan muvaffaqiyatli foydalanadi. Asar oshiq rassom yigit bilan ma‟shuqaning 
maktublari asosiga qurilgan. Maktublar orasida yigitning xayoliy bir manzarasi 
chiziladi. Aynan shu parchani tahlilga tortamiz: “Qish chillasi. Tuni bilan yoqqan 
qor holdan toygan – may-yda-may-yda elayapti. Qor qoplagan tomlar qato-or 
yotganicha uyquga ketgan va halizamon silkinib uyg„onadigan bahaybat 
jondorlarga o„xshaydi. “Jondor”larning u yer-bu yeridan quyuq qora tutun burqsib 
ko„tarilyapti... Tong otsa-da, odamlar issiq uylaridan tashqariga chiqqilari 
kelmaydi, sovuqning zo„ridan kun ham ming bir uqubatda, erinib yoyilmoqda. 
Kimsasiz, tor va uzun ko„chaning o„-o„rtasida bola yetaklagan juvon paydo 
bo„ldi. Bola – o„g„il bola shekilli telpakni ko„ziga dovur bostirib kiygan, u 
yetmaganday, og„zi-burni aralash sharf o„rab bog„lagan. 
Juvonning boshida oq jun ro„mol, issiq ko„ylak ustidan qora baxmal nimcha. 
Issiq, guldor lozim. Bir qo„li bilan o„g„lining qo„lqop kiygan qo„lidan tutgan, 
ikkinchi qo„lini musht qilganicha ko„ksiga bosgan. Nimadir gapirib kelayapti 
shekilli (oyog„i toyib ketmasin-da!..), og„zidan bug„ chiqayapti. 
Tomlar, daraxtlarning shir yalang„och shoxlari, ko„cha oppoq qorga burkangan. 
Juvonning qo„li, yuzi qordan-da oq... oq jun ro„moli ostidan yarqirab ko„ringan 
manglayidan taralgan nur shundayiga ham oppoq ko„chani yanada 
yoritayotgandek. 
Tong yog„dusi shu ko„chada tunaganu, juvon uni yetaklab chiqayotgandek”
9

Kuzatganimizdek, qissada yozuvchi ayolni ilohiylashtiradi, ideallashtiradi. Xayoliy 
peyzaj manzarasini chizadi. Mazkur manzarada qish fasli, maydalab yog„ayotgan 
qish tongi tasvirlanadi. Adib qissalarida kuzatilganidek, emotsional ta‟sirchanlikni, 
og„zaki nutqimizga xos jonlilikni ta‟minlash maqsadida X.Do„stmuhammad 
ko„pincha ba‟zi so„zlarni urg„u berib, ayniqsa, unlilarni cho„zib ifodalaydi. 
Chunonchi: may-yda, qato-or, o„-o„rtasida va hakozo. Qish tongini, qor 
yog„ayotgan qish kunini juda chiroyli poetik nigoh bilan chizadi, bu tasvirlar orqali 
ko„z o„ngimizda elab yog„ayotgan qor, oppoq qorga burkangan borliq gavdalanadi. 
Yozuvchi qor qoplagan tomlarni uyquga ketgan bahaybat jondorga o„xshatishi 
bilan yanada badiiy bo„yoqdorlikka erishadi. Shu oqlik qo„ynida tasvirlangan bola 
yetaklagan ayol (juvon) bizningcha, ramziy ma‟noda tiriklik davomchisi, 
barhayotlik nishonasi, deyish mumkin. Demak, oppoq qor qo„ynida 
tasvirlanayotgan ayol – ezgulik timsoli. Oppoq qor singari uning qalbi ham 
ezgulikka esh. Kuzatganimizdek, ayol ruhiyati tabiat manzarasi bilan uyg„un holda 
aks ettirilgan. 
9
Дўстмуҳаммад Х. Ҳижроим мингдир. // Ёшлик, 1996. 5-сон. – Б. 15. 


 Peyzaj bugungi o„zbek qissachiligida asar g„oyasini, qahramonlar ruhiyatini 
ochuvchi muhim vositalardan biridir. Unda nafaqat zamon va makon tasviri 
uyg„unlashadi, balki, qahramon ruhiyatiga mos, ayol ruhiyatiga uyg„un his-
tuyg„ular mohiyati yoritiladi. Tabiat tasvirida hissiy manzaralar-assosatsiyalar 
yaratish orqali obraz ruhiyatini his qildirib, anglatish vositasiga aylanadi. Unda 
bizni o„rab turgan tashqi dunyo va tabiat tasviri, balki, kitobxon qalbidagi 
iztiroblar, ruhiy po„rtanalar, dramalarni tabiatga xos ranglar, holatlar, manzaralarga 
ko„chirib ifodalash imkonini bergani (“Momoqo„shiq”, “Hijronim mingdir”) badiiy 
tahlil orqali asoslandi. 
X.Do„stmuhammadning “Chayongul”ida bir-biriga ulanib ketgan zanjirdek 
tasodiflar ikki oilaning katta fojiasiga sababchi bo„ladi. 
Qissa syujetida tasodifiylik zanjirini tashkil qilgan voqealar va vaziyatlarda 
“taqdir”, “qora qismat”, “tasodif”, “taqdir jazosi” degan “badiiy xronotop”ni 
tashkil qiluvchi so„z va so„z birikmalari bir-biriga ulanib ketadi. Zero, aynan shu 
so„zlar tasodifiy jinoyatga badiiy ramziy ishora beruvchi muhim detal bo„lib 
xizmat qiladi. Bu o„rinda, qissa matniga e‟tibor qartamiz: “Astoydil izlansa 
topilmaydigan jinoyatchi yo„q. Yuz bergan hodisalar qadam-baqadam taftish 
qilinsa, Gulshodning qotili ham muqarrar aniqlanadi. Faqat ana shunda jazo 
kursisida banogoh qotil suratidagi taqdiri azal paydo bo„lsa bormi!.. Taqdirning 

Download 359.24 Kb.
  1   2




Download 359.24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-mavzu: xurshid do‘stmuhammad qissalari tahlili reja: X. Do„stmuhammadning “Hijronim mingdir”

Download 359.24 Kb.
Pdf ko'rish