Oxirgi jabra yoylari orqa tomonidan




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

Oxirgi jabra yoylari orqa tomonidan suzgich pufagi shakllanadi. 
O’pka birinchi marta qaysi 
organizmlarda paydo bo‘lgan? 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda paydo bo‘lgan. 
Suvda hamda quruqlikda 
yashovchilarning nafas olish a’zolari 
qanday tuzilgan? 
Hiqildoqdan o‘pka boshlanadi va o’pkasi xaltasimon tuzilgan bo‘lib, 
to‘siqlar va bronxlar bo‘lmaydi. 
Ularning o‘pkasi juda sodda tuzilgan va gaz almashinish sathi juda 
kichik, shuning uchun gaz almashinish ko‘proq teri qoplami orqali 
amalga oshadi. 
Nima uchun suvda hamda quruqlikda 
yashovchilarda havo og‘iz 
bo‘shlig‘idan yutish harakatlari 
tufayli o‘pkaga o‘tadi? 
Ko‘krak qafasi va diafragmasi bo‘lmaganligi tufayli. 
Qaysi organizmlarda birinchi bo’lib 
hiqildoqning tog‘aylari shakllangan? 
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda. 
Sudralib yuruvchilarning nafas olish 
a’zolariga nimalar kiradi? 
Hiqildoq, traxeya, bronxlar to‘liq shakllangan va o‘pkalar. 
Lekin ularda bronxlar shoxlanmaydi. 
Sudralib yuruvchilarning o’pkasi 
qanday tuzilgan? 
Ularning o‘pkalari mayda g‘ovaksimon, ko‘p sonli ichki katakchalarga 
va katta nafas olish yuzasiga ega.
Sudralib yuruvchilarning nafas olishi 
qanday sodir bo’ladi? 
Nafas olishi, asosan, qovurg‘alararo va qorin muskullarining qisqarishi 
hisobiga sodir bo‘ladi. Nafas olishda teri ishtirok etmaydi. 
Qushlarning o’pkasida bronxlari 
shoxlanib nima bilan tugallanadi? 
Bronxlar tarmoqlanib bronxiolalar bilan tugaydi. 
Qushlarning havo xaltachalari qanday 
hosil bo’ladi? 
O‘pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari havo xaltachalarini hosil 
qiladi.
Havo xaltachalari mushaklar orasiga, teri ostiga va suyak 
bo‘shliqlariga yetib boradi.
Uchish vaqtida bu xaltachalar havo bilan to‘lib, tana vaznini 
yengillashtiradi. 
Qushlarning havo xaltachalari qanday 
ahamiyatga ega? 
Havo xaltachalaridagi atmosfera havosi nafas chiqarayotganda 
o‘pkadan o‘tib, qonni ikkinchi marta kislorod bilan ta’minlaydi. 
Bunday holat moddalar almashinuvini jadallashtiradi, chunki qon ham 
nafas olganda, ham nafas chiqarganda kislorodga to‘yinadi. 
Sutemizuvchilarda o’pka alveolalar 
qanday hosil bo’ladi? 
Bronxlar ko‘p marta tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar o‘pka 
pufakchalari bilan tugaydi. 
Alveolalar devori nimadan iborat? 
Bir qavat epiteliydan iborat bo‘ladi. 
Qon qanday vazifalarni bajaradi? 
Transport, gumoral boshqarish, termoregulatsiya, himoya 
Qon qanday qismdan tashkil topgan? 
1. Qonning quyuq qismi – shakilli elementlar (eritrotsit, leykotsit, 



Download 2,21 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish