• “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 1 11-sinf. 1-6-mavzular Savollar Javoblar
  • 1866-yilda nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan kiritilgan.
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O, ominaxon, Kredit, 06-MAVZU-L, 6-amaliy mashg\'ulot


    2021-yil 
    11-sinf Biologiya 
    Savol-Javob 
    “BIO-MAX-ZIYO” O’QUV MARKAZI 
    TOSHKENT-2021. 


    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 

    11-sinf. 1-6-mavzular 
    Savollar 
    Javoblar 
    Hayot darajalari nima uchun iyerarxik 
    (zinapoya ko‘rinishiga o‘xshash) 
    tuzilish nomini olgan? 
    Hayot darajalari biri ikkinchisiga asos bo‘lib, keyingi darajani vujudga 
    keltirganligi sababli, iyerarxik (zinapoya ko‘rinishiga o‘xshash) 
    tuzilish nomini olgan. 
    Ekologiya fani qachon paydo bo’ldi? 
    XX asrning boshlarida biologiya fanining yangi tarmog‘i – ekologiya 
    vujudga keldi. 
    Ekologiya atamasi qanday ma’noni 
    anglatadi va uni fanga kim tomonidan 
    kiritildi? 
    «Ekologiya» (yunoncha «oikos» – uy, boshpana, «logos» – fan, ta’lim 
    berish) atamasi birinchi marta fanga 1866-yilda nemis olimi Ernest 
    Gekkel tomonidan kiritilgan. 
    Ekologiya fani nimani o’rganadi? 
    Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko‘payishi, yashashini, 
    populatsiya va jamoalarining tarkibi hamda o‘zgarishlarini yashash 
    muhitiga bog‘liq holda o‘rganadi. 
    Ekologiya fani zimmasiga qanday 
    vazifalar yuklatilgan? 
    1) har xil organizm guruhlarining atrof-muhit omillari bilan 
    munosabati qonuniyatlarini o‘rganish; 2) biologik resurslardan oqilona 
    foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini oldindan 
    ko‘ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini 
    o‘rganish; 3) zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik 
    usullarini yaratish; 4) sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani 
    ishlab chiqish va joriy etish; 5) organizmlarning tuzilishi, hayotiy 
    faoliyati va harakatiga atrof-muhit ta’sirini o‘rganish; 6) tirik 
    organizmlarning atrof-muhitga moslashishining ekologik 
    mexanizmlarini o‘rganish; 7) turning turli populatsiyalaridagi 
    individlar sonining o‘zgarishiga nisbatan tashqi muhit ta’sirini 
    o‘rganish; 8) biosferada yuz beradigan jarayonlarning barqarorligini 
    ta’minlash maqsadida ularni tadqiq etish 
    al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu 
    Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida 
    qanday ma’lumotlar berilgan? 
    Yerning tuzilishi, dorivor o‘simliklar, hayvonlarning yashash joylari 
    haqida ma’lumotlar berilgan 
    Zahiriddin Muhammad Bobur 
    o‘zining «Boburnoma» nomli tarixiy 
    asarida qanday ma’lumotlar berilgan? 
    O‘rta Osiyo va Hindistonning turli o‘simlik va hayvonlari, ularning 
    tarqalishi, ko‘payish davrlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar keltirgan 
    Atrof-muhitning jonli organizmlar 
    hayotiga ta’sirini o‘rganishni kim 
    boshlab berdi? 

    Download 2,21 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish