• Bu guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi.
  • Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi.
  • Ularga saprotrof (saprofit) bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi.
  • ) yashil o‘simliklari (fitosenoz); 2)




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    1) yashil o‘simliklari (fitosenoz); 2) hayvonlar (zoosenoz); 3) 
    zamburug‘lar (mikosenoz); 4) mikroorganizmlar (mikrobiotsenoz) dan 
    tashkil topgan. 
    Biotsenoz tarkibiga kiruvchi 
    organizmlar qanday funksional 
    guruhlarga bo’linadi? 
    3 ta funksional guruhga bo‘linadi: produtsentlar, konsumentlar va 
    redutsentlar. 
    Produtsentlar nima? 
    (lot. «producens» – yaratuvchi) – organik birikmalarni hosil 
    qiluvchilar, ya’ni avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik moddalardan 
    organik birikmalarni sintezlaydi. Bu guruhga yashil o‘simliklar, 
    fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi. 
    Konsumentlar nima? 
    (lotincha «consume» – iste’mol qilaman) yoki iste’mol qiluvchilar – 
    geterotrof organizmlar bo‘lib, tayyor organik birikmalar bilan 
    oziqlanadi va oziq tarkibidagi energiyani oziq zanjiri bo‘ylab uzatadi. 
    Oziq (trofik) zanjiri – organik birikmalarni hosil qiluvchilardan 
    iste’mol qiluvchilarga bosqichma-bosqich modda va energiyani 
    uzatuvchi organizmlar ketma-ketligidir. Konsumentlarga barcha 
    hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. 
    Redutsentlar nima? 
    (lotincha «reduco» – qaytaraman, tiklayman) yoki destruktorlar 
    (lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar bo‘lib, 
    organik birikmalarni anorganik moddalargacha parchalaydi. Ularga 
    saprotrof (saprofit) bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi. Saprotroflar 
    qoldiq organik birikmalar bilan oziqlanib, ularni mineral moddalarga 
    parchalaydi.
    Biogeotsenozlarga xos xususiyatlar 
    qaysilar? 
    Bu xususiyatlarga: 1) biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini yaratishi 
    (tiklashi); 2) barqarorligi; 3) o‘z-o‘zini boshqarishi; 4) rivojlanishi; 5) 
    ekologik suksessiya (ekosistemalarning almashinishi) kabilar kiradi. 
    Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini 
    yaratish xususiyati deganda nima 
    tushuniladi? 
    Biogeotsenoz tomonidan energiya oqimining yo‘naltirilishi tirik 
    organizmlar va anorganik tabiat o‘rtasidagi moddalar va energiyaning 
    biologik aylanishini ta’minlash tushuniladi. 
    Biogeotsenozlarning barqarorligi 
    deyilganda nima tushuniladi? 
    Bu xususiyat biogeotsenozlarning o‘z tuzilishini, tarkibiy qismlari 
    o‘rtasidagi aloqalar xarakteri va boshqa ko‘rsatkichlarini nisbatan 
    doimiy holatda saqlash xususiyatidir. Biogeotsenoz- larning 
    barqarorligi turlar xilma-xilligi bilan ta’minlanadi. 
    Biogeotsenozlarning o‘z-o‘zini 
    boshqarishi deyilganda nima 
    tushuniladi? 
    O‘z tarkibiy qismlari o‘rtasidagi muvozanat va o‘zaro munosabatlarni 
    tabiiy yoki antropogen ta’sirlardan so‘ng tiklay olish xususiyati 
    Biogeotsenozdagi qanday munosabat 
    tufayli turlar soni doimiy saqlanadi va 
    unga misol ayting. 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) yashil o‘simliklari (fitosenoz); 2)

    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish