11-sinf Biologiya




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

birligi qonuni deb ataladi. 
Organizmlarning hayotiy faoliyati 
tufayli yashash joyining qanday 
ko‘rsatkichlari o‘zgaradi? 
1) havo tarkibi; 2) tuproq strukturasi; 3) suvning tozalik darajasi kabi 
ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. 
Yer yuzida tirik organizmlar uchun 
qanday yashash muhiti mavjud? 
1) suv muhiti; 2) quruqlik-havo muhiti; 3) tuproq muhiti; 4) tirik 
organizm muhiti (parazit va simbiontlar uchun) 
Hayot dastlab paydo bo‘lgan muhit 
qaysi va organizmlar rivojlanish 
jarayonida qanday muhitga o’tkan? 
Dastlab paydo bo‘lgan muhit suv muhiti va rarixiy rivojlanish jarayonida 
tirik organizmlar quruqlik-havo muhitida yashashga o‘tgan. 
Suv muhitining qanday yashash 
hududlari mavjud. 
Suv muhitining: 1) suv yuzasida; 2) suv qa’rida; 3) suv tubida; 4) 
suvo‘tlar orasida yashash hududlari mavjud. 
Gidrobiontlar deb nimaga aytiladi? 
Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha «hydor» 
– suv, «bios» – hayot) deyiladi. 
Suv qanday xususiyatlar bilan 
xarakterlanadi? 
Suv: 1) yuqori zichlik; 2) shaffoflik; 3) katta issiqlik sig‘imi va issiqlik 
o‘tkazuvchanlik; 4) muzlaganda kengayishi; 5) kislorod miqdorining 
nisbatan kamligi; 6) yorug‘likni kam o‘tkazishi bilan ham 
xarakterlanadi. 
Nima uchun suv muhitida quruqlik 
muhitiga nisbatan harorat kam 
darajada o‘zgaradi? 
Katta issiqlik sig‘imiga egaligi va issiqlikni o‘tkazuvchanligi tufayli 
Havo harorati 10°C ga ko‘tarilganda 
suvda harorat qanchaga ko’tariladi? 
suv harorati faqat 1°C ga ko‘tariladi. 
Suv qa’rida harorat nisbatan doimiy 
bo’lib necha gradusga teng? 
+4°C atrofida bo‘ladi. 
Suv havzasining eng yuza qismida 
sutkalik va mavsumiy harorat 
o‘zgarishi qanchaga teng? 
0 dan +36°C gacha bo‘lishi mumkin. 
Nima uchun suv suv muhitida 
yashaydigan organizmlar uchun 
tayanch vazifasini bajaradi? 
Suvning zichligi katta (havodan 700 marta yuqori) bo‘lgani uchun 
Qaysi organizmlar tanasidagi turli 
o‘simtalar suv bilan ta’sirlashish 
yuzasini oshiradi va ularning 
suzuvchanligini ta’minlaydi? 
Bir hujayrali hayvonlar, suvo‘tlar, meduzalar, mayda 
qisqichbaqasimonlar. 
Suvda faol harakatlanuvchi hayvonlar 
nima uchun suvning qarshiligini oson 
Tanasi suyri shaklda bo‘lgani va maxsus suzgichlarga egaligi tufayli 
suvning qarshiligini oson yenga oladilar. 



Download 2,21 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish