11-sinf Biologiya




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

makroekosistemalarga misol ayting. 
Okean, dasht, tayga, tropik o‘rmon, tog‘lar, cho‘l 
Global ekosistemaga misol ayting. 
Biosfera 
Ekosistemalar qanday bo’ladi? 
Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin 
Sun’iy ekosistemalar qanday? 
Insonlar tomonidan o‘z xo‘jalik faoliyatini yuritish maqsadida 
yaratiladi 
Tabiiy ekosistemalar qanaday? 
Biogeotsenozlar – tabiiy ekosistemalar bo‘lib, ularning chegaralari 
fitosenoz, ya’ni o‘simliklar jamoasi bilan belgilanadi 
Biotop nima? 
Biotop (yunoncha «bios» – hayot va «topos» – joy yoki yashash joyi), 
nafaqat jamoaning egallagan joyi, balki jamoa hayotini belgilovchi 
muhit omillarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq kompleksidir. Tirik 
organizmlar o‘z hayotiy faoliyatlari davomida muhitning abiotik shart-
sharoitlari (ekotop)ga o‘z ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylantiradi. 
Ekotop nima? 
Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i ega 
ma’lum hudud hisoblanadi. 
Ekosistemaning abiotik muhiti 
(ekotop)ni nima tashkil etadi? 
Ekosistemaning abiotik muhiti (ekotop)ni notirik tarkibiy qismlar – 
klimatop (yorug‘lik, harorat, namlik, havo va boshq.) va tirik 
organizmlar faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism – edafotop 
(tuproq) tashkil etadi. 
Biotsenoz nima? 
Biotopda yashovchi tirik organizmlar yig‘indisi hisoblanadi. 
Biotsenoz qanday munosabatlar bilan 
ta’riflanadi? 
Biotsenoz: 1) xilma-xil turlar tarkibi; 2) soni; 3) har xil turga mansub 
tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar; 4) tirik organizmlar va 


“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 

tashqi muhit omillari o‘rtasidagi turli-tuman o‘zaro munosabatlar bilan.
Biogeotsenoz tarkibi qanday 
organizmlardan tashkil topgan? 

Download 2,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish