|
Aleksandr Gumbold boshlab berdiBog'liq 11-savol-javob 093806Aleksandr Gumbold boshlab berdi. U birinchi bo‘lib o‘simliklar
hayotida muhit omillarining ahamiyatini o‘rgandi.
Ekologiyaning rivojlanishida qaysi
olimlarning qanday ishlari muhim
o’rin egallaydi?
A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi
V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o‘rin
tutadi.
Ekologiya bo’limlari qaysilar?
1) autekologiya (faktorial ekologiya); 2) demekologiya (populatsiyalar
ekologiyasi); 3) sinekologiya – (jamoalar ekologiyasi), 4)
biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi); 5) global ekologiya
(biosfera ekologiyasi); 6) evolutsion ekologiya; 7) tarixiy ekologiya; 8)
inson ekologiyasi; 9) sanoat ekologiyasi
Autekologiya (faktorial ekologiya)
nimani o’rganadi?
Organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy
sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilarni o‘rganadi
Demekologiya (populatsiyalar
ekologiyasi) nimani o’rganadi?
Populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining
o‘zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarni
o‘rganuvchi bo‘lim. Demekologiya doirasida populatsiyalarning
shakllanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. Demekologiya tashqi muhit
ta’siri ostida individlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi
Sinekologiya (jamoalar ekologiyasi)
nimani o’rganadi?
Har xil turga mansub organizmlar jamoalarining o‘zaro va tashqi
muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim hudud- larda
yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-
xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik
muammolar o‘rganiladi
Biogeotsenologiya (ekotizimlar
ekologiyasi) nimani o’rganadi?
Biogeotsenozlarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganadi.
Evolutsion ekologiya nimani
o’rganadi?
Sayyoramizda hayotning paydo bo‘lishi bilan birga ekologik
sistemalarning o‘zgarishini, biosfera evolutsiyasiga insonning ta’sirini
o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va
hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan
foydalanib qadi- miy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalash (qayta
yaratish)ga harakat qiladi.
Tarixiy ekologiya nimani o’rganadi?
Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishi natijasida neolit davridan hozirgi
davrgacha yuz bergan ekologik o‘zgarishlarni o‘rganadi.
Sanoat ekologiyasi nimani o’rganadi?
Ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish va chiqindisiz
|
| |