“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana20.02.2024
Hajmi2,21 Mb.
#159199
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
11-savol-javob 093806

“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 

kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi. 
Tuproqlar qanday belgilariga ko’ra 
bir-biridan farq qiladi? 
Tuproqlar namlikning miqdori, havo bilan ta’minlanganligi, pH 
ko‘rsatkichi va sho‘rlanish darajalari bilan o‘zaro farq qiladi. 
Edafobiontlar deb nimaga aytiladi? 
Tuproq muhitida yashovchi organizmlar edafobiontlar (yunoncha 
«edaphos» – tuproq, «biontos» – yashovchi) deb ataladi. 
Tuproq tarkibidagi organik moddalar, 
kimyoviy jarayonlar yoki 
parchalanish va gumusga hosil 
bo’lish qaysi organizmlar 
ishtirirokida sodir bo’ladi? 
Detritofaglar, bakteriyalar, zamburug‘lar ishtirokida. 
Gumus nima va uning ahamiyati 
qanday? 
Gumus organik moddalar parchalanishining oxirgi mahsuloti bo‘lib, 
tuproq tarkibida qanchalik ko‘p bo‘lsa, tuproqning unumdorligi 
shuncha yuqori bo‘ladi. Gumus tuproq tarkibi, strukturasini 
yaxshilaydi, unumdorligini oshiradi. 
Qaysi organizmlar yog‘ochlik 
tarkibidagi sellulozani parchalaydi? 
Zamburug’lar 
Sho‘rlangan tuproq tarkibidagi suv 
o’zlashtirish nima uchun qiyin? 
Kuchli darajada sho‘rlangan tuproq tarkibidagi eritmaning osmotik
bosimi yuqori bo‘lgani tufayli osimliklar uchun bunday tuproqdan
suvni o‘zlashtirishi qiyin. 
Tuproqda hayot kechiruvchi 
hayvonlar qanday belgilari bilan 
xarakterli? 
Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlar tanasi birmuncha ixchamligi, 
pishiq va nam yuqtirmaydigan yoki shilimshiq modda bilan qoplangan 
teri qoplamiga egaligi, ko‘rish organlari rivojlanmaganligi bilan 
xarakterlanadi. 
Qaysi organizmlar tuproqni qazib, 
o‘zlariga yo‘l ochib uya quradi? 
Buzoqbosh va krotlar 
Qaysi organizm tuproq zarralarini 
surib o‘ziga yo‘l ochadi? 
Yomg’ir chuvalchangi 
Tuproqda yashovchi organizmlarda 
qanday moslanish belgilari mavjud? 
Yer qazuvchi hayvonlarning kuraksimon oyoqlari, yomg‘ir 
chuvalchangining tayanch funksiyasini bajaruvchi gidrostatik skeleti 
va tanasidagi tukchalari, hasharotlar va ko‘poyoqlilarning esa tirnoqlari 
tuproq muhitida yashashiga imkon beradi. 
Endobiontlar deb nimaga aytiladi? 
Xo‘jayin organizmning ichki organlari va to‘qimalarida yashovchi 
organizmlar endobiontlar (yunoncha «endon» – ichki, «biontos» – 
yashovchi) deyiladi 
Keng tasmasimon chuvalchangning hayot sikli: 1 – voyaga yetgan 
chuvalchang; 2 – yetilgan tana bo‘g‘ini; 3 – tuxumi; 4 – birinchi tartib 
lichinka; 4(a) – birinchi tartib oraliq xo‘jayin (siklop); 5 – ikkinchi 
tartib lichinka; 5(a) – ikkinchi tartib oraliq xo‘jayin (mayda baliq); 6 – 
uchinchi tartib lichinka; 6(a) – uchinchi tartib oraliq xo‘jayin (yirtqich 
baliq); 7 – asosiy xo‘jayin (odam, yirtqich hayvonlar). 
Parazit va simbiont organizmlar 
qanday qiyinchiliklarga duch keladi? 
Yashash maydonining torligi, tarqalish imkoniyatlarining 
cheklanganligi va murakkabligi, xo‘jayin organizmning immun
sistemasi tomonidan himoya reaksiyalari ta’siri kabi qiyinchiliklarga 
ham duch keladi. 
Ektoparazitlar deb nimaga aytiladi va 
misollar ayting. 
Xo‘jayin organizm tanasining tashqi qismlarida yashaydi (bit, burga, 
kana, to‘shak qandalasi) 
Endoparazitlar deb nimaga aytiladi va 
misollar ayting. 
Xo‘jayin organizmning tana bo‘shlig‘ida, ichki organ va to‘qimalarida, 
hujayralarida yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida, qilbosh 
chuvalchang, tasmasimon chuvalchanglar) 
Endoparazitlarda xo‘jayin 
organizmda yashash uchun qanday 
moslanishlar paydo bo’lgan? 
Tana o‘lchamining kichikligi, tana tuzilishining soddalashuvi, himoya 
vositasiga ega tana qoplami, naslining ko‘pligi, hayot siklida xo‘jayin 
organizmning boshqasi bilan almashinishi. 
Nima uchun parazitlar nerv sistemasi 
va sezgi organlari soddalashgan? 
Tashqi muhit omillarining bevosita ta’siri ostida erkin hayot 
kechiruvchi organizmlardan farq qilib, parazitlar tashqi muhit bilan 
bevosita munosabatda bo‘lmaydi. 
Parazit o’simliklarda fotosintez 
Parazit o‘simliklarning xo‘jayin o‘simlik shirasi bilan oziqlanishi 



Download 2,21 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish