• «Organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini optimum chegarasidan eng ko‘p og‘adigan ekologik omil belgilaydi».
  • “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    “Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 
    10 
    minumumi necha gradusga teng? 
    Odam askaridasi qanday haroratda 
    yashay oladi? 
    Faqat odam tanasi haroratidagina (36,6°C) yashay oladi. 
    Omilning ma’lum ta’sir kuchi turlar 
    uchun qanday ta’sir qiladi? 
    Bir tur uchun optimal bo‘lsa, boshqa tur uchun maksimal yoki 
    minimal, uchinchi tur uchun esa chidamlilik chegarasi doirasidan 
    chetga chiqishi mumkin. 
    Kim madaniy o‘simliklarning 
    hosildorligi tuproq tarkibida kam 
    miqdorda bo‘ladigan mineral 
    moddalarga bog‘liqligini aniqladi? 
    Nemis olimi Yustus Fon Libix 
    «Libix bochkasi» qanday ifodalanadi? 
    Bochkaga qancha suv solinsa ham u bochka devorining eng past 
    yeridan toshib chiqaveradi, ya’ni bochka devori boshqa qismlari 
    balandligining ahamiyati yo‘q. 
    Libixning minimum qonuni yoki 
    cheklovchi omil qonuni qanday? 
    «Organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini optimum 
    chegarasidan eng ko‘p og‘adigan ekologik omil belgilaydi». Shuning 
    uchun ham tur yoki ekosistemalar holatini ekologik jihatdan tahlil 
    qilish va uning kelajakdagi holatini oldindan aytib berish uchun uning 
    eng nozik va zaif jihatini aniqlash muhim hisoblanadi. 
    Cheklovchi omil deb nimaga aytiladi? 
    Tirik organizm, tur, jamoaning hayotiy faoliyati va rivojlanishini 
    susaytirib yoki to‘xtatib qo‘yadigan omil 
    Qanday organizm entomofag deb 
    ataladi? 
    Hashoratlar bilan oziqlanuvchi 
    Ko‘pchilik o‘simlik va hayvon 
    turlarining shimol tomonga 
    tarqalishida cheklovchi omillar 
    qaysilar? 
    Haroratning pastligi, yorug‘likning yetishmovchiligi 
    Ko‘pchilik o‘simlik va hayvon 
    turlarining janubga tomonga 
    tarqalishida cheklovchi omil qaysi? 
    Namlikning tanqisligi 
    Turning muayyan ekologik omilga 
    nisbatan chidamlilik chegaralarining 
    kengligi qanday ifoda etiladi? 
    Turning muayyan ekologik omilga nisbatan chidamlilik 
    chegaralarining kengligi shu omilga «evri» so‘zini qo‘shish orqali 
    ifoda etiladi. 
    Evribiontlar deb nimaga aytiladi? 
    Keng ko‘lamda o‘zgaruvchan muhit sharoitida yashashga moslashgan 
    yoki chidamlilik chegaralari doirasi keng bo‘lgan o‘simlik va 
    hayvonlar evribiontlar (yunoncha «eurys» – keng, «biontos» – 
    yashovchi) deyiladi. 
    Kosmopolit turlar deb nimaga 
    aytiladi? 
    Keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan 
    turlardir. Masalan: 
    1) kalamushlar; 2) suvaraklar; 3) pashshalar; 4) burgalar 
    Muhit omillarining keng doirada 
    o‘zgarishiga turning bardosh bera 
    olmasligi yoki chidamlilik chegaralari 
    doirasi torligi qanday ifoda etiladi? 
    Muhit omillarining keng doirada o‘zgarishiga turning bardosh bera 
    olmasligi yoki chidamlilik chegaralari doirasi torligi tegishli omilga 
    «steno» so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi 
    Stenobiontlar deb nimaga aytiladi? 
    Nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, 
    namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda 
    o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish