• «nasos o‘simliklar»
  • 11-sinf Biologiya




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/106
    Sana20.02.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #159199
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
    Bog'liq
    11-savol-javob 093806

    moslanishlar mavjud. 
    Moslanish turlariga ko‘ra kserofitlar 
    nechta guruhga ajratiladi? 
    1. Sukkulentlar 
    2. Sklerofitlar 
    Sukkulentlarda qanday moslanish 
    belgilar mavjud? 
    Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari 
    va organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash 
    kuzatiladi. epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar 
    bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi 
    yopiq bo‘ladi. Fotosintez jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi 
    Barg sukkulentlarga misol ayting. 
    Agava, aloy, molodilo kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida saqlaydi 
    Poya sukkulentlar misol ayting. 
    Sutlamalar, kaktuslarning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar 
    mavjud. 
    Sklerofitlar qanday moslanish belgilar 
    mavjud? 
    Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton» – o‘simlik) – 
    tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi. Ular suvni 
    zaxirada saqlab turolmaydi, lekin sklerofitlar sitoplazmasi yuqori 
    yopishqoqlikka ega bo‘lgani uchun suvni ushlab tura oladi. Bu hujayra 
    shirasining yuqori osmotik bosimini yaratadi. Shu bosim tufayli 
    sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi. Shuning uchun ularni «nasos 
    o‘simliklar» deb ham atashadi. 
    Qaysi sklerofitlar ildizi yerga chuqur 
    kirib boradi? 
    Saksovul, yantoq 
    Sklerofit o‘simliklarda 
    transpiratsiyani kamaytirish hisobiga 
    suvni tejaydigan morfologik 
    moslanishlarga misollar ayting. 
    Kichik sathli qattiq barglar (yantoq); mayda bo‘laklarga qirqilgan 
    barglar (shuvoq), tangacha shaklidagi barglar (saksovul, archa); 
    barglarning mum yoki tuklar bilan qoplanishi; barg og‘izchalarining 
    chuqur joylashuvi kabilar paydo bo‘lgan. 
    Gigrofitlarda qanday moslanish 
    belgilar mavjud? 
    Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam 
    tuproq va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar 
    Gigrofitlar tuproqda namlik kamaygan holda tez so‘lib qoladi. 
    Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi va poyalarida 

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




    Download 2,21 Mb.
    Pdf ko'rish